Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

19-QO‘SHIQ

Hazratimizning kechlik taomi

Hazratimizning kechlik taomi

(Matto 26:26–30)

  1. 1. Alloh, bu kecha tabarrukdir,

    Axir qadimda shu kuni

    Ko‘rsatding, Yahova, beqiyos sevgini,

    Hikmat, adolat, qudratni.

    Fisih qo‘zisi asragandi

    Sening tanlangan xalqingni.

    Vaqt o‘tib biz uchun Najotkor yubording,

    Shu yo‘sin va’dangni bajarding.

  2. 2. Bu non va sharob eslatgaydir

    Bergan to‘loving qiymatin.

    Sadoqat-la Iso amringga bo‘ysunib,

    Qurbon ayladi hayotin.

    Gunoh, o‘limdan qutqarganding,

    Berib yagona O‘g‘lingni.

    Shul uchun har yili nishonlab Kechlikni,

    Eslaymiz bu ulug‘ hadyangni.

  3. 3. Bugun shu yerga yig‘ildik biz,

    Keldik taklifing-la, Xudo.

    Mehringni madh etib, rahmatlar aytamiz,

    Senga kuylaymiz hamd-sano.

    Kechlik umidbaxsh marosimdir,

    Shoning u yoygay jahonga.

    Masihning izidan har kuni ergashib,

    Yetamiz abadiy hayotga.

(Shuningdek, Luqo 22:14–20; 1 Kor. 11:23–26 ga qarang.)