24-QO‘SHIQ
Yahovaning tog‘iga keling
-
1. Solgin sen bir nazar,
Qiyo boq ulkan toqqa.
Shuldir Yahning tog‘i,
Viqor to‘kib u turar.
Har el u tomonga
Yiroqdan oqib kelar.
«Kel»,— deb bir-birini
Ular chorlar Allohga.
Ilgari oz edik,
Lekin hozir ulkan xalq bo‘ldik,
Kun sayin ulg‘aydik,
Ma’naviy boylikka erishdik.
Jon deb do‘st bo‘lmoqda
Tangriga chanqoq qalblar.
Og‘may to‘g‘ri yo‘ldan,
Ular sodiq qolmoqda.
-
2. Zavq-la va’z qilaylik
Samoviy Shohlik haqda.
Shuldir Iso amri,
Uni bajo aylaylik.
Bo‘lsin har bir inson
Shohimiz Masih tomon.
Olsin undan o‘rnak,
Kalom-la yursin mudom.
Keltirgay ko‘p shodlik
Bu ulkan olomon o‘sishi.
Bunda biz qatnashib,
Yahova haqida aytaylik.
Shaxt-la, bor ovozda
Chorlaylik tashna qalbni.
Kelsin Rab tog‘iga u,
Qolsin doim unda.
(Shuningdek, Zab. 43:3; 99:9; Ishayo 60:22; Havor. 16:5 ga qarang.)