Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

34-QO‘SHIQ

Benuqson bo‘lib yuring

Benuqson bo‘lib yuring

(Zabur 26)

  1. 1. Yo Rab, Senga mudom sodiq bo‘ldim,

    Imon ila yurdim va benuqson qoldim.

    Lek, iltimos, sinab ko‘r qalbimni,

    Forig‘ et gardlardan va yog‘dir lutfingni.

    (NAQAROT)

    Qaror qildim, yordam ber, ey Egam,

    Men benuqson qolib, odil bo‘lay har dam.

  2. 2. Hech yurmadim yovuz inson bilan,

    Har on hazar qildim buzuq, makkor tildan.

    Yovuzlarni halok etganingda,

    Yah, asra hayotim, qolay panohingda.

    (NAQAROT)

    Qaror qildim, yordam ber, ey Egam,

    Men benuqson qolib, odil bo‘lay har dam.

  3. 3. Yo Rab, meni maftun qilar uying,

    Unga har gal borib, xushnud etay diling.

    Qurbongohing tomon oshiqaman,

    Baland ovoz ila Senga rahmat deyman.

    (NAQAROT)

    Qaror qildim, yordam ber, ey Egam,

    Men benuqson qolib, odil bo‘lay har dam.

(Shuningdek, Zab. 25:2 ga qarang.)