Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

38-QO‘SHIQ

U sizni mustahkamlaydi

U sizni mustahkamlaydi

(1 Butrus 5:10)

  1. 1. Alloh sizni nurga O‘zi taklif qildi,

    Ochib berdi go‘zal haqiqatni,

    Qalbingizda ko‘rdi U pok niyatlarni,

    Odil ishlar qilish istagini.

    Unga baxsh etganda hayotingiz,

    Yordam qo‘lin cho‘zdi U tinimsiz.

    (NAQAROT)

    Qurbon qilgandi siz-chun

    Alloh yolg‘iz O‘g‘lin.

    Demak, mustahkamlab,

    Ato etgay ruhin.

    Sizga yo‘l ko‘rsatish-chun

    Rab berdi Kalomin.

    Demak, mustahkamlab,

    Ato etgay ruhin.

  2. 2. Tangri sizni o‘ylab, berdi O‘z O‘g‘lini,

    Shu yo‘l ila hadya qildi baxtni.

    Ayamagan bo‘lsa sizdan To‘ng‘ichini,

    Albat ato etar U bardoshni.

    Qilgan mehnatingiz yodda saqlar,

    Sizga har vaqt g‘amxo‘r Ota bo‘lar.

    (NAQAROT)

    Qurbon qilgandi siz-chun

    Alloh yolg‘iz O‘g‘lin.

    Demak, mustahkamlab,

    Ato etgay ruhin.

    Sizga yo‘l ko‘rsatish-chun

    Rab berdi Kalomin.

    Demak, mustahkamlab,

    Ato etgay ruhin.