Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

44-QO‘SHIQ

Shikasta qalb nolasi

Shikasta qalb nolasi

(Zabur 4:1)

  1. 1. Egam, menga quloq sol

    va qabul et nolamni,

    Tashvish g‘ami majruh qildi

    xasta vujudimni,

    Mahzun o‘ylar chulg‘ab oldi

    ojiz yuragimni,

    Yupanch ber, yo Alloh,

    menga va yog‘dir lutfingni.

    (NAQAROT)

    Ey Yahova, ber matonat,

    Umidimni saqlay albat.

    Yolvoraman ko‘z yosh ila,

    Rab, siylagin ruhing ila.

  2. 2. Qayg‘u payti So‘zing menga

    taskin ato etdi,

    Senga dardim to‘kish uchun

    ruhing madad berdi.

    O‘zingsan qalbimdan ulug‘,

    shunga ber yordaming,

    Turay men imonda sobit,

    har dam o‘qib So‘zing.

    (NAQAROT)

    Ey Yahova, ber matonat,

    Umidimni saqlay albat.

    Yolvoraman ko‘z yosh ila,

    Rab, siylagin ruhing ila.