50-QO‘SHIQ
Bag‘ishlanish ibodati
-
1. Baxsh etay Senga, Rabbim,
Qalb qo‘rim va ko‘z nurim.
Haq yo‘ling dildan sevay
Va Senga hamdlar aytay.
-
2. Pok saqlab butun tanam,
Madh etay Seni, Egam.
Bor mehrim etib oshkor,
Mol-mulkim aylay nisor.
-
3. Baxsh etay Senga, Tangrim,
Gul umrim, butun jonim.
Har so‘zim, ishim bilan,
Yah, aylay ko‘ngling xurram.
(Shuningdek, Zab. 40:8; Yuhan. 8:29; 2 Kor. 10:5 ga qarang.)