Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

63-QO‘SHIQ

Biz — Yahovaning Shohidlarimiz!

Biz — Yahovaning Shohidlarimiz!

(Ishayo 43:10–12)

  1. 1. Haq Rabni bilmay bashar

    Har turli sanam yasar.

    Lek ular ojizdir,

    Rab esa qodir.

    Hech vaqo bilmas butlar,

    Chun o‘lik erur ular.

    Ha, befoydadir bu sanamlar,

    Hech bir shohid topmas ular.

    (NAQAROT)

    Yahova bizga O‘zi

    «Shohidlar» deb nom berdi.

    Rab ahdini har vaqt bajarar,

    O‘z lafzida U turar.

  2. 2. Biz yoygaymiz Rab shonin,

    Madh etib Uning ismin.

    Va’z qilgaymiz qunt-la

    Va mardlik ila.

    Pok qalbga aytsak xabar,

    U hurlik yo‘lin topar.

    Bunday inson yurib Rab bilan,

    Hamd aytadi Unga dildan.

    (NAQAROT)

    Yahova bizga O‘zi

    «Shohidlar» deb nom berdi.

    Rab ahdini har vaqt bajarar,

    O‘z lafzida U turar.

  3. 3. Yer uzra xabar yangrar,

    U Yahning sha’nin oqlar,

    «Rab kuni yaqin»,— der

    Va ogoh etar.

    Haq yo‘lga tursa inson,

    Rab etar rahmin in’om.

    U quliga tinchlik baxsh etar,

    Baxt va mangu hayot berar.

    (NAQAROT)

    Yahova bizga O‘zi

    «Shohidlar» deb nom berdi.

    Rab ahdini har vaqt bajarar,

    O‘z lafzida U turar.

(Shuningdek, Ishayo 37:19; 55:11; Hiz. 3:19 ga qarang.)