Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

71-QO‘SHIQ

Biz Yahovaning lashkarimiz!

Biz Yahovaning lashkarimiz!

(Yo‘el 2:7)

  1. 1. Rab Yahova — Sardordir,

    Biz esa — lashkar.

    Yov-dushmanni yenggaymiz,

    Jam bo‘lib har safar.

    Va’z qilgaymiz shaxt ila

    Har turli yerda

    Va jasur turgaymiz

    Har qanday damda.

    (NAQAROT)

    O‘z xalqiga bosh-qoshdir

    Rab O‘g‘li birla.

    «Shoh bo‘ldi Masih»,— deb,

    Jar soling elga.

  2. 2. Biz izlaymiz jon-jahd-la

    Sof qalbni har vaqt,

    Baxsh etamiz astoydil

    Xor-zorga muhabbat.

    Rab Yahga chorlab uni

    Va berib ta’lim,

    Tanlasin deymiz u

    Haq Tangri yo‘lin.

    (NAQAROT)

    O‘z xalqiga bosh-qoshdir

    Rab O‘g‘li birla.

    «Shoh bo‘ldi Masih»,— deb,

    Jar soling elga.

  3. 3. Rab Yahova — Sardordir,

    Biz esa — qo‘shin.

    Jang uchun saf tortgaymiz

    Va bo‘lgaymiz metin.

    Gar bedor va pok qolsak

    Har kun, har onda,

    Haq yo‘lda turgaymiz

    Doimo shunda.

    (NAQAROT)

    O‘z xalqiga bosh-qoshdir

    Rab O‘g‘li birla.

    «Shoh bo‘ldi Masih»,— deb,

    Jar soling elga.

(Shuningdek, Efes. 6:11, 14; Filip. 1:7; Filim. 2 ga qarang.)