Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

74-QO‘SHIQ

Keling, Shohlik haqda kuylaylik!

Keling, Shohlik haqda kuylaylik!

(Zabur 98:1)

  1. 1. Bu shod qo‘shiq — zafar haqda qo‘shiqdir,

    U madh etar Xudo Yahovani,

    Sodiq qolish uchun u chorlagaydir,

    Keling, kuylang quvonch ila uni.

    (NAQAROT)

    Faqat Rabga sajda qiling,

    O‘g‘li — Podshoh; xabar yoying.

    Haq Tangriga Shohlik haqda qo‘shiq-la

    Sano kuylab, cheksiz ta’zim eting.

  2. 2. Shohlik haqda aytgaymiz bu qo‘shiq-la.

    Iso Masih ko‘kda Podshoh bo‘ldi.

    Alloh izmi ila davron surgaydir

    Yangi bir xalq bo‘lmish shohlar nasli.

    (NAQAROT)

    Faqat Rabga sajda qiling,

    O‘g‘li — Podshoh; xabar yoying.

    Haq Tangriga Shohlik haqda qo‘shiq-la

    Sano kuylab, cheksiz ta’zim eting.

  3. 3. Ushbu qo‘shiq dilni maftun etgaydir,

    Kuylay olar mo‘min ahli uni.

    U yer uzra jarang sochib turgaydir,

    O‘zi tomon chorlab tashna qalbni.

    (NAQAROT)

    Faqat Rabga sajda qiling,

    O‘g‘li — Podshoh; xabar yoying.

    Haq Tangriga Shohlik haqda qo‘shiq-la

    Sano kuylab, cheksiz ta’zim eting.

(Shuningdek, Zab. 95:6; 1 Butr. 2:9, 10; Vah. 12:10 ga qarang.)