Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

75-QO‘SHIQ

«Men boraman! Meni yubor!»

«Men boraman! Meni yubor!»

(Ishayo 6:8)

  1. 1. Bugun bashar Rabni ayblar,

    Ulug‘ ismin badnom qilar.

    Ko‘plar Uni inkor etar,

    Boshqa birov «vahshiy» deyar.

    Kim pok aylar Alloh ismin?

    Kim madh etar Uning sha’nin?

    (1- NAQAROT)

    «Tayyorman, Rab, meni yubor!

    Seni kuylay takror-takror.

    Bu men uchun zo‘r iftixor, Rab.

    Sen O‘zing meni yubor!»

  2. 2. Aksar inson qo‘rqmay Rabdan,

    Aytar: «Kuni kelmas ekan».

    Biri toshdan sanam yasar,

    Biri shohdan panoh izlar.

    Kim Rab hukmin e’lon etar,

    Uning jangi haqda so‘zlar?

    (2- NAQAROT)

    «Tayyorman, Rab, meni yubor!

    Kuning elga qilay oshkor.

    Bu men uchun zo‘r iftixor, Rab.

    Sen O‘zing meni yubor!»

  3. 3. Yovuz odam gullab-yashnar,

    Ahli mo‘min azob chekar.

    Bu pok qalblar tinchlik izlar,

    To‘g‘ri yo‘lga turmoq istar.

    Ular kimdan dalda olar?

    Alloh haqda kimdan bilar?

    (3- NAQAROT)

    «Tayyorman, Rab, meni yubor!

    Axir ta’lim bermoq darkor.

    Bu men uchun zo‘r iftixor, Rab.

    Sen O‘zing meni yubor!»

(Shuningdek, Zab. 10:4; Hiz. 9:4 ga qarang.)