Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

78-QO‘SHIQ

«Xudoning kalomini o‘rgatamiz»

«Xudoning kalomini o‘rgatamiz»

(Havoriylar 18:11)

  1. 1. Alloh haqda ta’lim berib,

    Topgaymiz chin shodlik.

    Bundan olgaymiz ko‘p foyda,

    Tengsizdir bu boylik.

    Iso kabi bilim bersak

    Sevgi-la zor qalbga,

    U haq yo‘ldan yurgay hamisha

    Va do‘st bo‘lgay Rabga.

  2. 2. Bajonidil ta’lim bersak,

    Bo‘lib har vaqt ibrat,

    Bizdan Yahning ziyo nuri

    Yog‘ib turgay albat.

    Tadqiq qilgaymiz Rab So‘zin

    Ixlos va qunt birla,

    Saboq olib, baham ko‘rgaymiz

    Uni jon-jahd ila.

  3. 3. Yaxshi ustoz bo‘lish uchun

    Tangri bergay yordam.

    Madad so‘rab, duo qilsak,

    Javob aylar har dam.

    Alloh So‘zi aniq va rost,

    Topgaymiz zavq undan.

    Shogird Yahga hamkor bo‘lgaydir,

    Ta’lim bersak dildan.