Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

79-QO‘SHIQ

Pok qalbga sobit qolishni o‘rgataylik

Pok qalbga sobit qolishni o‘rgataylik

(Matto 28:19, 20)

  1. 1. Pok qalbga ta’lim berish ishi

    Keltirgay quvonch bizga.

    Rahnamo bo‘lgay Alloh unga,

    Gar tursa u haq yo‘lga.

    (NAQAROT)

    Biz so‘raymiz Sendan, Alloh:

    «Bo‘l bu inson uchun panoh.

    Sobit qolish uchun ruhing va mo‘l mehring

    In’om et bu qalbga, Tangri».

  2. 2. Shul odam qayg‘u chekkan paytda

    U uchun duo qildik.

    Sevgimiz unga tortiq etib,

    Jon-dildan ta’lim berdik.

    (NAQAROT)

    Biz so‘raymiz Sendan, Alloh:

    «Bo‘l bu inson uchun panoh.

    Sobit qolish uchun ruhing va mo‘l mehring

    In’om et bu qalbga, Tangri».

  3. 3. Imondan u qaytmasa agar,

    Yah unga najot bergay.

    Itoat etib, bardosh qilsa,

    U albat sovrin olgay.

    (NAQAROT)

    Biz so‘raymiz Sendan, Alloh:

    «Bo‘l bu inson uchun panoh.

    Sobit qolish uchun ruhing va mo‘l mehring

    In’om et bu qalbga, Tangri».

(Shuningdek, Luqo 6:48; Havor. 5:42; Filip. 4:1 ga qarang.)