Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

87-QO‘SHIQ

Keling, halovat toping!

Keling, halovat toping!

(Ibroniylarga 10:24, 25)

  1. 1. Mag‘rur va beboshdir bugun odamlar,

    Xudobexabardir ular.

    To‘g‘ri so‘qmoqni tanlamoq-chun bizga

    Kerakdir Rabdan o‘gitlar.

    Birga yig‘ilib, halovat topamiz,

    Umid, imonga to‘lamiz.

    Ezgu ishlarni qilmoqni o‘rganib,

    Dalda-tasalli olamiz.

    Alloh so‘zlarin hech qachon unutmay,

    Bajo aylaymiz niyatin.

    Chorlar Yahova haq yo‘lni sevishga,

    Berib har hafta ta’limin.

  2. 2. Tangri biz uchun g‘amxo‘rlik qiladi,

    Undan maslahat olamiz.

    Qo‘ldan boy bermay yig‘ilmoq fursatin,

    Imon namoyon yetamiz.

    Rabga tayanib yashashni o‘rgatar

    Bizga ma’naviy cho‘ponlar.

    Ko‘mag-u mehrin ayamas jamoat,

    Chin do‘stdek qo‘llab-quvvatlar.

    Nihoyat muhimdir birga uchrashmoq,

    Axir oxirat kelmoqda.

    Bilib olamiz donolik sirlarin,

    Bo‘lsak jamuljam shu yerda.