Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

88-QO‘SHIQ

Ochib ber menga yo‘llaringni

Ochib ber menga yo‘llaringni

(Zabur 25:4)

  1. 1. Bugun, Yahova, oldingga yig‘ildik,

    Keldik bu yerga taklifing-la.

    So‘zing — haqiqat, bilim bulog‘idir,

    Yo‘lni yoritgay u ziyo-la.

    (NAQAROT)

    Yah, ochib ber menga yo‘llaringni,

    Esda saqlay dono so‘zlaringni.

    Bo‘l har damda menga hamroh O‘zing,

    Men zavq olay, o‘qib qonun-amring.

  2. 2. Cheksiz va yuksakdir, Alloh, hikmating,

    Farmon-u amring umidbaxshdir.

    Sening Kaloming — boqiy mo‘jizadir,

    Bitmas-tuganmas xazinadir.

    (NAQAROT)

    Yah, ochib ber menga yo‘llaringni,

    Esda saqlay dono so‘zlaringni.

    Bo‘l har damda menga hamroh O‘zing,

    Men zavq olay, o‘qib qonun-amring.