Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

90-QO‘SHIQ

Bir-birimizga dalda beraylik

Bir-birimizga dalda beraylik

(Ibroniylarga 10:24, 25)

  1. 1. Dalda bo‘lsak har imondosh-chun,

    Sodiq qolgay u Tangriga.

    Shunda birlik g‘olib kelgaydir,

    Sevgi olgaydir alanga.

    Alloh xalqi ichra topgaymiz

    Sevgi, panoh, xotirjamlik.

    Bu chin sevgi jasur qilgaydir,

    Keling, unga burkanaylik.

  2. 2. Qiyin damda malham bo‘lgaydir

    Qalbdan toshgan jonbaxsh so‘zlar.

    Ushbu so‘zlar-la yupatgaydir

    Bizni aziz imondoshlar.

    Xizmat qilgaymiz ahillik-la,

    Topgaymiz ko‘p quvonch bundan.

    Hamdard bo‘lib bir-birimiz-chun,

    Madad bergaymiz chin dildan.

  3. 3. Rabning ulug‘ kuni yaqindir,

    Unga umid-la boqamiz.

    Har dam to‘g‘ri yo‘lda qolish-chun

    Mudom birga yig‘ilamiz.

    Bir xalq bo‘lib Yahovaga biz

    Mangu xizmat qilay deymiz.

    Shunga dalda bersak hamisha,

    Sodiq qolgay har birimiz.