Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

93-QO‘SHIQ

Yig‘ilishlarimizga fayz baxsh et

Yig‘ilishlarimizga fayz baxsh et

(Ibroniylarga 10:24, 25)

  1. 1. Yah, kelib ushbu joyga biz,

    Yog‘dir O‘z ruhing, deymiz.

    Ko‘p rahmat aytib shu joy-chun,

    Fayz baxsh et, deb so‘raymiz.

  2. 2. To‘ldir, Rab, bizni So‘zing-la,

    Ketsin gard-g‘ubor dildan.

    Yah, ta’lim ber va’z qilish-chun,

    Toshsin chin sevgi qalbdan.

  3. 3. Et hadya, Alloh, mehring-la

    Baxt, tinchlik va yakdillik.

    Har damda sha’ning yoyish-chun

    Sen tomon biz turaylik.

(Shuningdek, Zab. 22:22; 34:3; Ishayo 50:4 ga qarang.)