Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

94-QO‘SHIQ

Allohning Kalomi uchun minnatdormiz

Allohning Kalomi uchun minnatdormiz

(Filippiliklarga 2:16)

  1. 1. Sendan minnatdormiz, Tangri Yahova,

    Berding Kalomingdek ajib bir sovg‘a.

    Ruhing-la yozdirgansan,

    Alloh, bu So‘zingni,

    Bergay erkinlik u, sochgay bilimni.

  2. 2. So‘zing ta’sirlidir, qalbni u sinar,

    Niyat-u o‘yni, illatni aniqlar.

    Odil va mukammaldir

    farmon-u qonuning,

    Bizga himoyadir me’yor-mezoning.

  3. 3. So‘zing xazinadir, dilni rom etar,

    Unda mujassamdir jonli misollar.

    Kalom-la yashamoq-chun,

    Tangri, ber kuch-quvvat,

    Bu boy sarchashmang-chun Senga ming rahmat.