Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

96-QO‘SHIQ

Allohning Kalomi — xazinadir

Allohning Kalomi — xazinadir

(Hikmatlar 2:1)

  1. 1. Bir xazina bor, u boylik konidir,

    U baxsh etar umid-u xurramlik.

    Ushbu chashma jonli va hayotbaxshdir,

    U xor inson ruhin aylar tetik.

    Bu xazina — Rab Yahova So‘zidir,

    Payg‘ambarlar yozgan edi uni.

    Shu odamlar Yahni dildan sevgandi

    Va yetkazgan edi xabarini.

  2. 2. Ular yozgan edi Rabning ruhi-la

    Yaratilish haqda xolis asar.

    Unga ko‘ra, gunoh qilib qo‘ygandi

    Va haq yo‘ldan ozgandi ilk bashar.

    Bir farishta Alloh taxtin olish-chun

    Bo‘hton ila Uni badnom qildi.

    Shu sababli gunoh paydo bo‘lgandi,

    Lek Yahova bunga chek qo‘yadi.

  3. 3. Ushbu damlar ulkan shodlik paytidir,

    Axir Masih Podshoh bo‘ldi ko‘kda.

    Shunga umid ila biz yashagaymiz,

    Aytgaymiz hammaga Shohlik haqda.

    Rabning So‘zi — hikmat to‘la buloqdir,

    Erur u boy, ochiq bir dasturxon.

    O‘qib tursak har kun uni diqqat-la,

    Hayotimiz qilgay u nurafshon.

(Shuningdek, 2 Tim. 3:16; 2 Butr. 1:21 ga qarang.)