Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

97-QO‘SHIQ

Rab So‘zi ila har lahza yashaymiz

Rab So‘zi ila har lahza yashaymiz

(Matto 4:4)

  1. 1. Non emas, Rab So‘zi ila

    Har lahza yashaymiz.

    Gar o‘qib, qo‘llasak uni,

    Tinch va shod bo‘lamiz.

    Bu Kalom umidbaxsh erur,

    Biz uchun u aziz.

    (NAQAROT)

    Non emas, Rab So‘zi ila

    Har lahza yashaymiz.

    Shul hayot qomusi ila

    Har lahza yashaymiz.

  2. 2. Rab odil insonlar haqda

    Rost xabar yozdirgan.

    Mard, sodiq bo‘lishgan ular,

    Yah bilan yurishgan.

    Biz ular haqida o‘qib,

    Ko‘p dalda olamiz.

    (NAQAROT)

    Non emas, Rab So‘zi ila

    Har lahza yashaymiz.

    Shul hayot qomusi ila

    Har lahza yashaymiz.

  3. 3. Qalb g‘amdan ezilgan mahal

    Rab yupanch beradi.

    Gar So‘zin biz tadqiq etsak,

    U dono qiladi.

    Bo‘lsin jo bu Kalom qalbda,

    Qoldirsin o‘chmas iz.

    (NAQAROT)

    Non emas, Rab So‘zi ila

    Har lahza yashaymiz.

    Shul hayot qomusi ila

    Har lahza yashaymiz.

(Shuningdek, Yoshua 1:8; Rim. 15:4 ga qarang.)