Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

109-QO‘SHIQ

Samimiy sevgi

Samimiy sevgi

(1 Butrus 1:22)

  1. 1. Pok, qaynoq bo‘lsa sevgimiz,

    Shod aylaymiz Yahni albat.

    Bu Unga xos oliy xislat,

    Shul-chun qadri aziz.

    Har dilning muzin eritar

    Lov-lov yongan sevgi tafti.

    Bu beg‘araz sevgi toti

    Doim esda qolar.

    Do‘st-yorga bersak yordam

    Va og‘ir kunda bo‘lsak hamdam,

    U shunda malham topar,

    Barcha dard-g‘ami ketar.

    Rab mehrin Iso ko‘rsatdi

    O‘z o‘rnagi bilan bizga.

    Shul-chun taqlid qilib Yahga,

    Biz sevgaymiz samimiy,

    Bo‘lsin bu sevgi boqiy.

(Shuningdek, 1 Butr. 2:17; 3:8; 4:8; 1 Yuhan. 3:11 ga qarang.)