Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

119-QO‘SHIQ

Imonli bo‘laylik

Imonli bo‘laylik

(Ibroniylarga 10:38, 39)

  1. 1. Alloh qadimda So‘zin yetkazgan

    Sodiq elchilar orqali.

    Tavba qilishga chorlar U bugun

    O‘g‘li Iso orqali.

    (NAQAROT)

    Imonim erurmi komil?

    Ko‘rinarmi u ishlarda?

    Gar qilsam uni mustahkam,

    Saqlar meni u doim haq yo‘lda.

  2. 2. Shohlik xabarin etgaymiz e’lon,

    Iso amriga bo‘ysunib.

    Rabning va’dasin qilgaymiz doston,

    Umid nurin baxsh etib.

    (NAQAROT)

    Imonim erurmi komil?

    Ko‘rinarmi u ishlarda?

    Gar qilsam uni mustahkam,

    Saqlar meni u doim haq yo‘lda.

  3. 3. Tursak imonda langardek sobit,

    Xalos bo‘lamiz qo‘rquvdan.

    Xudo beradi chidam va najot,

    Agar yursak U bilan.

    (NAQAROT)

    Imonim erurmi komil?

    Ko‘rinarmi u ishlarda?

    Gar qilsam uni mustahkam,

    Saqlar meni u doim haq yo‘lda.