120-QO‘SHIQ
Isoning muloyimligiga taqlid qiling
-
1. Iso dunyoda eng buyuk zot bo‘lgan,
Lek u hech qachon manmanlik qilmagan.
Yuksak mavqega u bo‘ldi muyassar,
Shunda ham qoldi muloyim va kamtar.
-
2. Iso xor qalbni o‘ziga chaqirar,
Yordam qo‘lini cho‘zmoqqa shay turar.
Mo‘min ahliga lutf aylar u albat,
Qo‘llab-quvvatlab, bag‘ishlar ko‘p rohat.
-
3. «Sizlar birodarsiz»,— degandi Iso,
Uning har so‘zin aylagaymiz bajo.
Kamtar odamni Yahova ardoqlar,
Mangu yashaysan, deb unga so‘z berar.
(Shuningdek, Hik. 3:34; Mat. 5:5; 23:8; Rim. 12:16 ga qarang.)