124-QO‘SHIQ
Vafodormiz
-
1. Tangriga biz vafodormiz,
Sevamiz Uni dildan.
Atadi U O‘z ismi-la,
Yashaymiz amri bilan.
So‘ziga amal qilsak gar,
Olamiz mo‘l-ko‘l foyda.
Yah sodiqdir, ishonchlidir,
Topamiz panoh Unda.
-
2. Yor-do‘stga biz vafodormiz,
Bo‘lamiz qo‘ldosh har dam,
Ham so‘zlar-la, ham ishlar-la
Beramiz unga yordam.
Namoyon qilgaymiz doim
Samimiy izzat-ikrom.
Vafodormiz, hamnafasmiz,
Saqlaymiz birlik mudom.
-
3. Sadoqat-la bo‘ysungaymiz
Oqsoqol aytgan gapga,
O‘gitin biz tinglagaymiz,
Joylaymiz uni qalbga.
Gar sodiq bo‘lsak hamisha,
Rab ato qilgay ruhin.
Barakat-la siylagay U,
Yog‘dirgay bizga lutfin.
(Shuningdek, Zab. 149:1; 1 Tim. 2:8; Ibron. 13:17 ga qarang.)