126-QO‘SHIQ
Mustahkam, hushyor va mard bo‘ling
-
1. Mustahkam, hushyor bo‘ling siz,
Doimo bardosh qiling.
G‘alaba axir yaqindir,
Shu bois, jasur turing.
Masihning amrin etib ijro,
Izdoshi bo‘ldik jahon aro.
(NAQAROT)
Mustahkam va mard bo‘ling har on!
Hushyorlik saqlang mudom!
-
2. Idrokli, hushyor bo‘ling siz,
Masihga quloq soling.
U berar o‘git Kengash-la,
Unga siz amal qiling.
Oqsoqol gapin tinglang har dam
Va toping panoh, olib yordam.
(NAQAROT)
Mustahkam va mard bo‘ling har on!
Hushyorlik saqlang mudom!
-
3. Hamjihat, hushyor bo‘lib biz,
Qilamiz xabar e’lon.
Dushmanlar qarshi chiqsa ham,
Qo‘rqmaymiz biz hech qachon.
Yaqinda kelar Alloh kuni,
Xabarlang dunyo bo‘ylab uni.
(NAQAROT)
Mustahkam va mard bo‘ling har on!
Hushyorlik saqlang mudom!
(Shuningdek, Mat. 24:13; Ibron. 13:7, 17; 1 Butr. 5:8 ga qarang.)