Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

141-QO‘SHIQ

Hayot — mo‘jizadir

Hayot — mo‘jizadir

(Zabur 36:9)

  1. 1. Har go‘dak bola, har tomchi yomg‘ir,

    Zar quyosh-la yorishgan qir-u adir —

    Hammasi erur Rab bergan ne’mat,

    Kun sayin baxtli aylar bizni bu san’at.

    (NAQAROT)

    Biz bunday hadyaning qadriga yetsak,

    Tangriga bo‘lgan sevgi-la to‘lgaydir yurak.

    Ushbu sovg‘a narxi nihoyat qimmatdir,

    Axir u mo‘jiza, hayot degan hadya.

  2. 2. Ayrimlar charchab, yashashdan bezar,

    «Jonimni ol, ey Alloh», deb yolvorar.

    Biz esa Rabni madh etib har dam,

    In’omi-chun ming rahmat aytgaymiz dildan.

    (NAQAROT)

    Biz bunday sovg‘aning qadriga yetsak,

    Yor-do‘stga bo‘lgan sevgi-la to‘lgaydir yurak.

    Ushbu sovg‘a narxi nihoyat qimmatdir,

    Axir u mo‘jiza, hayot degan hadya.