143-QO‘SHIQ
Xizmat-la band bo‘l va umid-la Yahovaga boq
-
1. Alloh ismi — Yahovadir,
U — vaqt, zamon Hakamidir.
Uning kuni kelmoqdadir,
Bugun guvohmiz bunga.
(NAQAROT)
Band bo‘l doim Rabning xizmati-la,
Tanho Unga boq umid-la —
Baxt-u iqbol oldinda!
-
2. Tayin etdi azaldan Rab
Jangning vaqtin farmoni-la.
Shunda Iso lashkari-la
Mag‘lub qilar yovlarni.
(NAQAROT)
Band bo‘l doim Rabning xizmati-la,
Tanho Unga boq umid-la —
Baxt-u iqbol oldinda!
-
3. Butun borliq oh tortgaydir,
Lek biz umid saqlagaymiz.
Axir Tangri baxsh etgaydir
Bizga erkin hayotni.
(NAQAROT)
Band bo‘l doim Rabning xizmati-la,
Tanho Unga boq umid-la —
Baxt-u iqbol oldinda!
(Shuningdek, Mat. 25:13; Luqo 12:36 ga qarang.)