Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

144-QO‘SHIQ

Sovringa qarab choping!

Sovringa qarab choping!

(2 Korinfliklarga 4:18)

  1. 1. Yaqinda ko‘rlar nurni ko‘rar,

    Eshitar qushlar kuyin karlar.

    Bolalar shodon qo‘shiq aytar,

    Olam orom-baxtga to‘lar.

    Marhumlar qayta hayot bo‘lar,

    Gunohlar, janglar ortda qolar.

    (NAQAROT)

    Sovringa qarab chopsang olg‘a,

    Albat yetasan shu paytga.

  2. 2. Qo‘zichoq bo‘ri birla o‘tlar,

    Sher bilan buzoq birga yurar.

    Hayvonlar boshqa qilmas zarar,

    Bola ular bilan o‘ynar.

    Ko‘z yoshni Alloh artib qo‘yar,

    Qo‘rquvlar, dardlar unut bo‘lar.

    (NAQAROT)

    Sovringa qarab chopsang olg‘a,

    Albat yetasan shu paytga.

(Shuningdek, Ishayo 11:6–9; 35:5–7; Yuhan. 11:24 ga qarang.)