Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

145-QO‘SHIQ

Alloh va’da qilgan jannat

Alloh va’da qilgan jannat

(Luqo 23:43)

  1. 1. Butun yerda jannat bo‘lar deb,

    Alloh bizga va’da bergan.

    Barham topar shunda butunlay

    Ko‘z yosh, o‘lim, gunoh, alam.

    (NAQAROT)

    Ro‘yi zamin jannat bo‘lar,

    Dildan ishon, bu payt kelar.

    Shu va’dani Xudo berdi,

    Bajo aylar uni O‘g‘li.

  2. 2. Yaqin kunda Iso albatta

    Marhumlarga hayot berar.

    Qodir Tangri niyat qilgandek,

    Ahli mo‘min mangu yashar.

    (NAQAROT)

    Ro‘yi zamin jannat bo‘lar,

    Dildan ishon, bu payt kelar.

    Shu va’dani Xudo berdi,

    Bajo aylar uni O‘g‘li.

  3. 3. Masih bugun ko‘kda Podshohdir,

    U yer yuzin jannat aylar.

    Rahmat deymiz Rabga hamisha,

    Quvonch ila kuylab madhlar.

    (NAQAROT)

    Ro‘yi zamin jannat bo‘lar,

    Dildan ishon, bu payt kelar.

    Shu va’dani Xudo berdi,

    Bajo aylar uni O‘g‘li.

(Shuningdek, Mat. 5:5; 6:10; Yuhan. 5:28, 29 ga qarang.)