148-QO‘SHIQ
Yahova najotdir!
-
1. Yolg‘iz barhaq Xudosan, Yahova Egam,
Cheksiz hamdlar aytar
Senga butun olam.
Tanhosan va qodirsan, Yo Rab, O‘zing,
yo‘q tenging.
Sen yengasan yovni.
(NAQAROT)
Qo‘rg‘onsan, ey haq Tangri, O‘z xalqing-chun,
Bergaysan najot har sodiq bandang uchun.
Jasorat-la doston qilaman
har dam shoning,
Zero Sensan najot Manbai,
Egam O‘zing.
-
2. Zanjir ila meni qurshab oldi o‘lim,
Mardlik birla qudrat
Ato et, ey Tangrim.
O‘zing nolam qabul qil va ber panoh,
yo Alloh.
Sensan yolg‘iz Qal’am.
(NAQAROT)
Qo‘rg‘onsan, ey haq Tangri, O‘z xalqing-chun,
Bergaysan najot har sodiq bandang uchun.
Jasorat-la doston qilaman
har dam shoning,
Zero Sensan najot Manbai,
Egam O‘zing.
-
3. Yaqin kunda ko‘kdan sadong gumbur etar.
Xalqing u shod aylar,
Yovga larza solar.
Shunda ko‘rgaydir hamma: O‘zing hayot
va najot.
Bilsin Seni jahon.
(NAQAROT)
Qo‘rg‘onsan, ey haq Tangri, O‘z xalqing-chun,
Bergaysan najot har sodiq bandang uchun.
Jasorat-la doston qilaman
har dam shoning,
Zero Sensan najot Manbai,
Egam O‘zing.
(Shuningdek, Zab. 18:1, 2; 144:1, 2 ga qarang.)