Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

149-QO‘SHIQ

G‘alaba qo‘shig‘i

G‘alaba qo‘shig‘i

(Chiqish 15:1)

  1. 1. Yah ulug‘vordir, ismin madh eting shod yurak-la,

    Izmi ila dengiz yovlarni yutgan edi.

    Rab yagonadir,

    Yuksak sharafga U loyiqdir.

    Ismidir Yahova,

    U erur g‘olib Tangri.

    (NAQAROT)

    Olam ichra Sultonsan O‘zing,

    Erursan, Yah, hamisha barqaror.

    Yaqin kunda oqlab ulug‘ isming,

    Etgaysan yovlarni tor-mor.

  2. 2. Garchi nafrat-la xalqlar qarshilik ko‘rsatsa-da,

    Alloh jangda albat

    ularni mag‘lub etgay.

    U g‘azabi-la

    Ushbu ellarni yo‘q qilgaydir.

    Shunda jahon aro

    Rab ismi doston bo‘lgay.

    (NAQAROT)

    Olam ichra Sultonsan O‘zing,

    Erursan, Yah, hamisha barqaror.

    Yaqin kunda oqlab ulug‘ isming,

    Etgaysan yovlarni tor-mor.

(Shuningdek, Zab. 2:2, 9; 92:8; Mal. 3:6; Vah. 16:16 ga qarang.)