Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

1A RAMKASI

Topinish bu nima?

Topinish bu nima?

Topinish so‘ziga «xudoga hurmat va sevgi ko‘rsatish» deb ta’rif berilishi mumkin. Muqaddas Kitobning asl matnidan «topinish» deb o‘girilgan so‘zlar kishi mavjudotlarga chuqur hurmat ko‘rsatishini yoki itoat etishini anglatishi mumkin. (Mat. 28:9) Shuningdek, mazkur so‘zlar Xudo yoki ilohga atab diniy amallar bajarishni anglatadi. (Yuhan. 4:23, 24) So‘zlar qanday tushunilishi kerakligi matn tarkibiga qarab aniqlanadi.

Faqatgina Yahova, ya’ni Yaratuvchi va Olamning Hukmdori mutlaq sadoqatimizga loyiq. (Vah. 4:10, 11) Yahovaning hukmdorligiga hurmat ko‘rsatib va ismini ulug‘lab Unga topinamiz. (Zab. 86:9; Mat. 6:9, 10) Bu ikkita mavzu — Yahovaning hukmdorligi va Uning ismi — Hizqiyo kitobida muhim o‘rin egallagan. Birgina Hizqiyo kitobining o‘zida «Oliy Hukmdor Yahova» iborasi 213-marta va «Men Yahova ekanimni bilib olasizlar» degan ibora turli shaklda 60-martadan ziyod uchraydi. (Hiz. 2:4; 6:7)

Ammo topinishimiz shunchaki his-tuyg‘u emas; samimiy topinish amalda ko‘rinadi. (Yoqb. 2:26) O‘zimizni Yahovaga bag‘ishlaganda, hayotimizning har bir sohasida Unga Hukmdorimiz sifatida itoat etishga va ismiga chuqur hurmat ko‘rsatishga va’da beramiz. Iso uchinchi vasvasaga javob berganda, topinishni «muqaddas xizmat» bilan bog‘laganini eslang. (Mat. 4:10) Yahovaning topinuvchilari sifatida Unga sidqidildan xizmat qilishni istaymiz. * (Qonun. 10:12) Topinishimiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan va fidoyilikni talab qiladigan ishlarni qilganimizda, Xudoyimizga muqaddas xizmatni ado etgan bo‘lamiz. Bu qanday ishlar?

Muqaddas xizmatni ko‘pgina yo‘llar orqali ado etsa bo‘ladi va ularning bari Yahova uchun qadrlidir. Masalan, boshqalarga shohidlik berib, jamoat uchrashuvlarida qatnashib, yig‘ilish o‘tadigan joylarga g‘amxo‘rlik qilib va ularni qurishda qatnashib muqaddas xizmatda ishtirok eta olamiz. Qolaversa, oilaviy topinishda qatnashib, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan imondoshlarimizni qo‘llab-quvvatlab, anjumanlarda ixtiyoriy xizmatchi sifatida yordam berib yoki Baytilda xizmat qilib muqaddas xizmatni ado etgan bo‘lamiz. (Ibron. 13:16; Yoqb. 1:27) Pok topinish ongimiz-u qalbimizda birinchi o‘rinda tursa, «tun-u kun muqaddas xizmatni ado etamiz». Tangrimiz Yahovaga topinishdan xursandmiz! (Vah. 7:15)

^ 5- x.b. Topinish ma’nosini yetkazadigan ibroniycha so‘zlardan biri, shuningdek, «xizmat qilish» deganini ham anglatadi. Shunday qilib, topinish xizmatni ham o‘z ichiga oladi.