Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

2A RAMKASI

Hizqiyoning bashoratlarini tushunish

Hizqiyoning bashoratlarini tushunish

BASHORAT QILISH NIMA DEGANI?

Muqaddas Kitobda «bashorat qilish» deb o‘girilgan ibroniy tilidagi nava fe’li asosan Xudoning xabarini, hukmini, axloqiy ta’lim-tarbiyasini yoki amrlarini e’lon qilishni anglatadi. Bu shuningdek, yaqinlashib kelayotgan biron voqeani e’lon qilishni bildiradi. Hizqiyoning bashoratlari bularning barchasini o‘z ichiga oladi. (Hiz. 3:10, 11; 11:4–8; 14:6, 7; 37:9, 10; 38:1–4)

E’LON QILISH USULLARI

  • VAHIYLAR

  • MISOLLAR

  • TASVIRLASH JARAYONI

Hizqiyoning kitobida vahiylar, misollar, masallar va tasvirlash jarayoni tilga olingan.

AMALGA OSHISHI

Hizqiyoning bashoratlari orasida bir martadan ko‘proq amalga oshadigan karomatlar bor. Masalan, Xudoning xalqi va’da qilingan yurtga qaytganda pok topinishning tiklanishi borasidagi ayrim bashoratlar amalga oshgan. Lekin bu adabiyotning 9-bobida aytilganday, ushbu bashoratlarning aksariyati bugungi kunda amalga oshadi va kelajakda ham yana ro‘yobga chiqadi.

O‘tmishda Hizqiyoning bashoratlaridagi ko‘p xususiyatlar timsol bo‘lib, u nimanidir tasvirlaydi, deb tushunib kelganmiz. Ammo bu adabiyotda, agar Muqaddas Kitobda aniq aytilmagan bo‘lsa, bironta shaxs, narsa, joy yoki hodisa timsol bo‘lib va u nimanidir tasvirlaydi, deb tushuntirilmaydi. * Aksincha, unda Hizqiyoning ko‘p bashoratlarining keng miqyosda amalga oshishi tushuntiriladi. Qolaversa, bu adabiyotda Hizqiyoning xabari, jumladan, uning kitobida tilga olingan insonlar, joylar va hodisalardan qanday saboqlar olishimiz mumkinligi haqida gap boradi.