Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

10B RAMKASI

«Qurigan suyaklar» va «ikkita shohid» — ular o‘zaro qanday bog‘liq?

«Qurigan suyaklar» va «ikkita shohid» — ular o‘zaro qanday bog‘liq?

1919-yili o‘zaro bog‘liq ikkita bashorat amalga oshdi. Biri «qurigan suyaklar» haqida, ikkinchi esa «ikkita shohid» to‘g‘risida. «Qurigan suyaklar» haqidagi vahiyda ko‘p asrlar davom etgan uzoq muddat to‘g‘risida bashorat qilingan edi. Bu muddat Xudoning xizmatchilaridan iborat katta guruh tirilganida yakuniga yetgan. (Hiz. 37:2–4; Vah. 11:1–3, 7–13) «Ikkita shohid» to‘g‘risidagi bashorat esa, Xudoning xizmatchilaridan iborat kichik guruh tirilganida nihoyasiga yetgan qisqa muddatni bildiradi. U 1914-yilning oxiridan boshlab 1919-yilning boshlarigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida amalga oshgan. Ikkala bashorat ham ramziy tirilishni bildiradi. 1919-yili Yahova moylangan xizmatchilarini «oyoqqa turg‘izib», Buyuk Bobil asirligidan ozod qilganida va tiklangan jamoatga yiqqanida, mazkur ikkita bashorat zamonamizda amalga oshdi. (Hiz. 37:10)

Ammo bu ikkita bashoratning amalga oshishida bir muhim farq borligiga e’tibor bering. «Qurigan suyaklar» haqidagi bashoratda moylanganlarning qolgan qismining barcha a’zolari tirilishi aytilgan. Lekin «ikkita shohid» to‘g‘risidagi bashoratda moylanganlarning ba’zilari — tashkilotda boshchilikni zimmasiga olganlar hamda «ishonchli va aqlli xizmatkor» etib tayinlanganlar — tirilishi aytilgan. (Mat. 24:45; Vah. 11:6) *

«Vodiy suyaklarga to‘la edi». (Hiz. 37:1)

  1. MIL. 100 YILDAN SO‘NG

    Mil. ikkinchi asrdan boshlab moylangan masihiylar jamoati ramziy ma’noda qatl qilinganda, «vodiy» «suyaklarga» to‘ldi

  2. 1919 YILNING BOSHI

    1919: «Qurigan suyaklar» tirildi. O‘shanda Yahova barcha moylanganlarni Buyuk Bobil asirligidan ozod qilib, tiklangan jamoatga yig‘di.

«Ikkita shohid» (Vah. 11:3)

  1. 1914 YILNING OXIRI

    «jul kiyimda» va’z qilish

    1914: «Ikkita shohid» «jul kiyimda» uch yarim yil va’z qildi. Bu davr o‘z nihoyasiga yetganida, ular ramziy ma’noda qatl qilingan edi.

  2. ramziy o‘lim

  3. 1919 YILNING BOSHI

    1919: «Ikkita shohid» tirildi. O‘shanda boshchilikni zimmasiga olgan moylanganlardan iborat kichik guruh «ishonchli va aqlli xizmatkor» etib tayinlandi.

^ 4- x.b. «Qo‘riqchi minorasi»ning 2016-yil mart sonidagi «O‘quvchilarning savollari»ga qarang.