Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

10V RAMKASI

Oyoqqa turishimiz uchun yordam

Oyoqqa turishimiz uchun yordam

Hizqiyo 37:1–14 da yozilgan ta’sirli vahiydagi saboq ustida mulohaza yuritib, kuchga to‘la olamiz. Bu saboqni har birimiz o‘z vaziyatimizda qo‘llashimiz mumkin. Xo‘sh, bu qanday saboq?

Gohida hayotdagi bosim-u qiyinchiliklar dastidan shunchalik tushkunlikka tushishimiz mumkinki, holdan toyib qolamiz va kurashish bizga qiyin bo‘ladi. Lekin bunday paytlarda Hizqiyoning tiklanish haqidagi vahiysida aytib o‘tilgan yorqin tasvirlar ustida mulohaza yuritib, kuchga to‘lishimiz mumkin. Nega? Mazkur vahiydan shuni bilib olyapmizki, o‘lgan suyaklarga hayot nafasini ato etishga qodir Xudo, to‘siqlarni — hatto insoniy nuqtai nazardan oshib o‘tish imkonsizday tuyulganlarini ham — yengib o‘tishimiz uchun biz muhtoj bo‘lgan kuchni berishiga aminmiz. (Zabur 18:29 ni o‘qing; Filip. 4:13)

Hizqiyoning davridan ko‘p asrlar ilgari Muso payg‘ambar Yahova nafaqat qudratli ekanini, balki xalqining manfaatini ko‘zlab kuchidan foydalanish istagi borligini ham ta’kidlaganini eslashimiz mumkin. Muso: «Alloh qadim zamonlardan beri panohdir, Uning abadiy qo‘llari seni qo‘llab kelmoqda»,— deb yozgan edi. (Qonun. 33:27) Ha, qiyinchiliklar paytida Xudoyimizga yuz bursak, U bizni qo‘llab-quvvatlaydi, mehr ila Oyoqqa turishimiz uchun yordamlashadi. (Hiz. 37:10)