3-DARS
Savollarni Qo‘llash
Matto 16:13–16
MAQSAD. Qiziqish uyg‘otish, muzokara qilishga undash va muhim fikrlarni ta’kidlash uchun o‘rinli savollar bering.
AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI
-
Qiziqish uyg‘oting. Odamni mulohaza yuritishga undaydigan va qiziqtirib qo‘yadigan savollar bering.
-
Muzokara qiling. Tinglovchilar mantiqan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga yordamlashish uchun mulohaza yuritishga undaydigan bir nechta savol bering.
-
Muhim fikrlarni ta’kidlang. Asosiy fikrni aytishdan avval qiziqish uyg‘otadigan savol bering. Muhim fikr borasida suhbatlashgach yoki muqaddimani yakunlagach, takrorlash savollarini qo‘llang.