Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

4-DARS

Oyatlarga o‘rinli kirish so‘zlarini keltirish

Oyatlarga o‘rinli kirish so‘zlarini keltirish

Matto 22:41–45

MAQSAD. Tinglovchilarni o‘qiladigan oyatga e’tiborli bo‘lishga tayyorlang.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Oyatni nima sababli o‘qiyotganingiz haqida fikr yuriting. Tinglovchilarning diqqatini asosiy fikrga qaratish uchun oyatni o‘qishdan avval kirish so‘zlarini ayting.

  • Muqaddas Kitobga asoslanayotganingiz ko‘rinsin. Xudojo‘y kishilar bilan gaplashganda, ularning e’tiborini Xudoning Kalomiga, ya’ni Muqaddas Kitobga qarating. Shu yo‘sin Xudoning fikrlarini yetkazayotganingizni ko‘rsatasiz.

  • Oyatga nisbatan qiziqish uyg‘oting. Muqaddas Kitobdan javob topsa bo‘ladigan savol keltiring, muammoni hal qilishga ko‘maklashadigan oyatni ayting yoki Muqaddas Kitob yordamida tushunish mumkin bo‘lgan prinsipni ta’kidlang.