Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

12-DARS

Iliqlik va hamdardlik

Iliqlik va hamdardlik

1 Salonikaliklarga 2:7, 8

MAQSAD. Samimiy his-tuyg‘ular bilan gapirib tinglovchilar haqida qayg‘urayotganingizni ko‘rsating.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Tinglovchilar haqida o‘ylang. Ular qanday muammolarga duch kelayotgani haqida o‘ylab qalbingizni tayyorlang. Ularning tuyg‘ularini his etishga harakat qiling.

  • So‘zlarni sinchkovlik ila tanlang. Tinglovchilarga dalda, tasalli va kuch baxsh etadigan so‘zlarni tayyorlang. Ularning ko‘ngliga og‘ir botishi mumkin bo‘lgan so‘zlarni ishlatmang va Yahovaga topinmaydigan kishilarning chin qalbdan ishonadigan e’tiqodi haqida salbiy gapirmang.

  • Qiziqish ko‘rsating. Ovoz ohangi va o‘rinli imo-ishoralar yordamida tinglovchilarga ular haqida qayg‘urayotganingizni ko‘rsating. Yuz ifodalariga ham e’tibor bering; tez-tez tabassum qiling.