Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

18-DARS

Tinglovchilar uchun mazmunli ma’lumot

Tinglovchilar uchun mazmunli ma’lumot

1 Korinfliklarga 9:19–23

MAQSAD. Tinglovchilarni mulohaza yuritishga chorlang. Ular foydali fikrlarni bilib oldik, degan xulosaga kelishsin.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Tinglovchilar nimalarni bilishini inobatga oling. Ular oldin eshitgan fikrlarni takrorlamay, mavzuga yangi nuqtai nazar bilan qarashga yordam bering.

  • Tadqiq o‘tkazib, mulohaza yuriting. Imkon bo‘lganda, asosiy fikrlarni yetkazish uchun yangi dalil yoki voqealarni keltiring. Sizda bor ma’lumot va keltirmoqchi bo‘lgan dalillar mazkur ma’lumot bilan qanday bog‘liq ekani to‘g‘risida chuqur fikr yuriting.

  • Ma’lumotingiz foydali ekanini ko‘rsating. Tinglovchilarga Muqaddas Kitobdagi fikrlar kundalik hayotda qanday asqatishini ko‘rsating. Tinglovchilar bilan bog‘liq muayyan vaziyat, nuqtai nazar va ishlarni muhokama qiling.