Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

19-DARS

Qalbni zabt etishga intilish

Qalbni zabt etishga intilish

Hikmatlar 3:1

MAQSAD. Tinglovchilarga bilib olayotganlarini qadrlashga va shu bilimlarga muvofiq yo‘l tutishga yordam bering.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Tinglovchilarga o‘zlarini tekshirishga ko‘maklashing. Tinglovchilarga o‘z his-tuyg‘ularini tekshirishga ko‘maklashadigan ritorik savollar bering.

  • Tinglovchilarning niyati ezgu ekanini ta’kidlab, harakatga undang. Tinglovchilarni nima uchun ular Xudoga itoat qilayotganini tekshirishga undang. Ular ezgu niyatlar ila, ya’ni Yahovaga hamda imondoshlariga bo‘lgan sevgisi va Muqaddas Kitob ta’limotlariga ehtirom hissi tufayli shunday yo‘l tutishga intilayotganini aytib o‘ting. Tinglovchilarga ma‘ruza o‘qimasdan, ularni mulohaza yuritishga chorlang. Nutq yoki suhbat oxirida ular o‘zlarini aybdor his qilmasin, aksincha, dalda olsin va qo‘ldan kelgancha harakat qilishga intilsin.

  • Diqqatni Tangri Yahovaga qarating. Muqaddas Kitobdagi ta’limot, prinsip va amrlarda Xudoning fazilatlariyu bizga bo‘lgan sevgisi aks etganini ta’kidlang. Tinglovchilarda Yahovaning his-tuyg‘ularini inobatga olish va Uni mamnun qilish istagini uyg‘oting.