Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

4-DARS

Xudo kim?

Xudo kim?

Insonlar paydo bo‘lganidan beri ko‘p xudo va ma’budalarga sig‘inib kelgan. Lekin Muqaddas Kitobga binoan, yagona Alloh mavjud. U «boshqa barcha xudolardan buyukdir». (2 Solnomalar 2:5) Qiziq, U kim ekan va odamlar sig‘inadigan boshqa barcha xudolardan Uni nima buyukroq qiladi? Bu darsda Xudo haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin.

1. Xudoning ismi nima va ismini bilishimizni istayotganini qayerdan bilsak bo‘ladi?

Muqaddas Kitobda Alloh O‘zi haqida ma’lumot bermoqda. U shunday demoqda: «Men Yahovaman. Bu — Mening ismim». (Ishayo 42:5, 8 ni o‘qing.) Ko‘p olimlarning ta’kidlashicha, «Yahova» ismi ibroniychadan o‘girilganda «U bo‘ldiradi» degan ma’noni bildiradi. Yahova Uning ismini bilishimizni istaydi. (Chiqish 3:15) Qay yo‘sin bunga amin bo‘lishimiz mumkin? Muqaddas Kitobda Uning ismi 7 000 martadan ko‘proq uchraydi a. Yahova degan ism «yer-u osmondagi haq Tangriga» tegishli. (Qonunlar 4:39)

2. Muqaddas Kitobda Yahova haqida nima deyilgan?

Muqaddas Kitobga ko‘ra, odamlar sajda qiladigan barcha xudolar orasida Yahova Tanho haq Xudodir. Nega? Buning bir nechta sababi bor. Yahova mutlaq hokimiyat Egasi va U «zamin uzra yolg‘iz... Alloh Taolo». (Zabur 83:18 ni o‘qing.) Muqaddas Kitobda U «Qodir Alloh» deb atalgan. Bu Xudo istaganini qila olishini anglatadi. U «butun borliqni», ya’ni koinotni va yer yuzidagi barcha narsalarni yaratgan. (Vahiy 4:8, 11) Boshqalardan farqli ravishda, Yahova azaldan bor bo‘lgan va toabad bor bo‘ladi. (Zabur 90:2)

KO‘PROQ BILIB OLING

Xudoning unvonlari va Uning noyob ismi orasida qanday farq borligini bilib oling. So‘ng U sizga ismini qay yo‘sin va nega oshkor etayotganiga diqqat qarating.

3. Xudoning ko‘p unvonlari bor, ammo ismi yagona

Kishiga ismi yoki unvoni bilan murojaat qilishning farqi bormi? Bunga javob topish uchun VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • «Xudo» kabi unvon va ism orasida qanday farq bor?

Muqaddas Kitobda odamlar ko‘p xudolarga va egalarga sig‘inishgani to‘g‘risida aytilgan. Zabur 136:1–3 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • «Xudolar Xudosi» va «Egalar Egasi» kim?

4. Yahova Uning ismini bilishingizni va qo‘llashingizni istaydi

Yahova Uning ismini qo‘llashingizni xohlayotganini qayerdan bilish mumkin? VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Sizningcha, Xudo Uning ismi hammaga ma’lum bo‘lishini xohlayaptimi? Nima uchun?

Xudo Uning ismi qo‘llanilishini istaydi. Rimliklarga 10:13 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Xudoning ismini — Yahova degan ismni qo‘llash qanchalik muhim?

  • Kimdir ismingizni eslab qolib, uni qo‘llasa, o‘zingizni qanday his etasiz?

  • Xudo Uning ismini qo‘llaganimizda nimalarni his qiladi?

5. Yahova Unga yaqinlashishingizni istaydi

Kambodjalik Soten ismli ayol Xudoning ismini bilib olgani o‘zini «yer yuzidagi eng baxtli insonday» his qilishiga ko‘maklashganini aytdi. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Xudoning ismini bilib olish Sotenga qanday ta’sir qildi?

Kimdir bilan do‘stlashishdan avval odatda uning ismini bilib olasiz. Yoqub 4:8a ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Yahova sizni nima qilishga taklif etyapti?

  • Xudoning ismini bilish va uni qo‘llash qay yo‘sin Unga yanada yaqinroq bo‘lishingizga ko‘maklashadi?

BA’ZILARNING FIKRI: «Xudo yagona bo‘lgani uchun Uni nima deb chaqirishning farqi yo‘q».

  • Xudoning ismi Yahova ekaniga qo‘shilasizmi?

  • Xudo Uning ismini qo‘llashimizni xohlayotganini qanday tushuntirgan bo‘lardingiz?

XULOSA

Yagona haq Xudoning ismi Yahova. Xudo ismini bilishimizni va qo‘llashimizni xohlaydi. Shunda, U bilan qalin do‘st bo‘lamiz.

Takrorlash

  • Yahova odamlar sig‘inadigan boshqa barcha xudolardan qanday farq qiladi?

  • Nega Xudoning ismini qo‘llashimiz kerak?

  • Yahova U bilan do‘stlashishimizni istashini qayerdan bilamiz?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Nega Xudo mavjudligiga amin bo‘lishimiz mumkinligining beshta sababini ko‘rib chiqing.

«Xudo bormi?» (Veb-maqola)

Alloh azaldan bor bo‘lganiga ishonish nega mantiqan to‘g‘ri ekaniga e’tibor bering.

«Xudoni kim yaratgan?» («Qo‘riqchi minorasi» 1-avgust, 2014)

Xudo ismining qadimgi talaffuzi noma’lum bo‘lsa-da, nega uni qo‘llashimiz kerakligining sababiga diqqat qarating.

«Yahova kim?» (Veb-maqola)

Xudoga murojaat qilganda, Uni qanday atashimiz ahamiyatlimi? Nega Xudoning yagona ismi bor, deb ayta olishimizni bilib oling.

«Xudoning nechta ismi bor?» (Veb-maqola)

a Xudoning ismi nimani anglatishini va nega ba’zi tarjimalarda u olib tashlanganini bilish uchun «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»dagi ilovaning A4 mavzusiga qarang.