Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

7-DARS

Yahova qanday Shaxs?

Yahova qanday Shaxs?

Tangri Yahova haqida o‘ylaganda xayolingizga nima keladi? Xuddi osmondagi yulduzlarday Xudo sizdan juda uzoqda, deb o‘ylaysizmi? Yoki Uni momaqaldiroqqa o‘xshab qudratli, lekin his-tuyg‘ulari yo‘q Shaxs sifatida tasavvur qilasizmi? Xo‘sh, aslida Yahova qanday Shaxs? Alloh Kalomi bo‘lmish Muqaddas Kitob orqali ba’zi fazilatlarini ochib bergan. U yerda Yahova sizga befarq emasligi to‘g‘risida ham yozilgan.

1. Nega Xudoni ko‘ra olmaymiz?

«Alloh ruhiy Shaxsdir». (Yuhanno 4:24) U biz kabi jismoniy tanaga ega emas. U ko‘zga ko‘rinmas ruhiy Shaxs bo‘lib osmonda yashaydi.

2. Yahova qanday fazilatlarga ega?

Biz Yahovani ko‘ra olmaymiz, lekin U to‘g‘risida bilib olganimizda Unga bo‘lgan sevgimiz oshadi. Sababi, Xudo ajoyib fazilatlarga ega va mavjud Shaxs. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Yahova adolatni sevadi, Unga sodiq bo‘lganlarni tark etmaydi». (Zabur 37:28) Shuningdek, U «mehr-shafqatli va rahmdil». Xudo bu fazilatlarini, ayniqsa, qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganlarga ko‘rsatadi. (Yoqub 5:11) «Yahova qalbi o‘ksiganlarga yaqindir, ruhan ezilganlarni U qutqaradi». (Zabur 34:18) Xatti-harakatlarimiz Yahovaning his-tuyg‘ulariga ta’sir qilishi mumkinligini bilarmidingiz? Kishi yomon ishlarga qo‘l ursa, bu Xudoning dilini og‘ritadi va ozor yetkazadi. (Zabur 78:40, 41) Ammo odam to‘g‘ri yo‘l tutsa, bu Uning qalbini quvontiradi. (Hikmatlar 27:11 ni o‘qing.)

3. Yahova bizni yaxshi ko‘rishini qanday ko‘rsatyapti?

Yahovaning eng ajoyib fazilati — sevgi. Darhaqiqat, «Allohning O‘zi sevgidir». (1 Yuhanno 4:8) Yahova sevgisini nafaqat Muqaddas Kitob orqali, balki yaratgan narsalari orqali ham ko‘rsatyapti. (Havoriylar 14:17 ni o‘qing.) Masalan, U bizni qay yo‘sin yaratgani haqida bir o‘ylab ko‘ring. Xudo bizga chiroyli ranglarni ko‘rish, dilni yayratadigan musiqani tinglash va mazali oziq-ovqatning ta’mini bilish qobiliyatlarini bergan. Xudo hayotdan zavqlanib yashashimizni istaydi.

KO‘PROQ BILIB OLING

Yahova ajoyib ishlarni qanday qilayotganini bilib oling. So‘ng U qay yo‘sin go‘zal fazilatlarini ochib berayotganiga va ularni namoyon etayotganiga diqqat qarating.

4. Muqaddas ruh Xudoning faol qudratidir

Biron ish qilish uchun qo‘llarimizdan foydalanganimizday, Yahova muqaddas ruhidan foydalanadi. Muqaddas Kitobga binoan, muqaddas ruh shaxs emas. Aksincha, Xudo niyatlarini amalga oshirish uchun foydalanadigan kuchdir. Luqo 11:13 va Havoriylar 2:17 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Xudo Undan so‘raganlarga muqaddas ruhini «yog‘diradi». Xo‘sh, muqaddas ruh shaxs ekanmi yoki Xudoning faol qudratimi? Nega bunday deb o‘ylaysiz?

Yahova muqaddas ruhidan foydalanib, ajoyib ishlarni amalga oshiradi. Zabur 33:6 va 2 Butrus 1:20, 21 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yahova muqaddas ruhidan foydalanib, nimalarni amalga oshirgan?

5. Yahova go‘zal fazilatlar Egasi

Muso payg‘ambar Xudoning sadoqatli xizmatchisi bo‘lgan va Yaratuvchisi to‘g‘risida ko‘proq bilib olishni istagan. Shu bois, u Yahovaga quyidagicha degan: «Seni tanib-bilishim uchun... menga O‘z yo‘llaringni ochib ber». (Chiqish 33:13) Javoban Yahova unga shaxsiyatining ayrim qirralarini ochgan. Chiqish 34:4–6 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Yahova Muso payg‘ambarga shaxsiyatining qaysi qirralarini ochib bergan?

  • Yahovaning fazilatlaridan ayniqsa qaysilari sizga ko‘proq yoqadi?

6. Yahova odamlarga g‘amxo‘rlik qilyapti

Xudoning xalqi bo‘lgan yahudiylar Misrda qul bo‘lgan. O‘shanda Yahova ular azob chekayotganini ko‘rib nimalarni his qilgan? AUDIONI tinglang va birga kuzating yoki Chiqish 3:1–10 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Bu bayonotdan Yahova odamlarning azob-uqubatlarini ko‘rganda, nimalarni his qilishini bilib oldingiz? (7- , 8- oyatlarga qarang.)

  • Sizningcha, Yahova odamlarga chindan ham yordam bermoqchimi va bunday qilish Uning qo‘lidan keladimi? Nima uchun?

7. Yahovaning yaratganlari Uning fazilatlarini ochib bermoqda

Yahova fazilatlarini O‘zi yaratgan narsalar orqali oshkor etmoqda. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng Rimliklarga 1:20 ni o‘qing va quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yahovaning ijodlaridan Uning qaysi fazilatlarini ko‘ryapsiz?

BA’ZILARNING FIKRI: «Biz Xudoni ko‘ra olmaymiz. Shuning uchun, Uni tanib-bilishning imkoni yo‘q».

  • Siz nima deb o‘ylaysiz?

  • Nega bunday fikrdasiz?

XULOSA

Yahova ko‘zga ko‘rinmas Shaxs. U ko‘p fazilatlarga, ayniqsa, sevgiga ega.

Takrorlash

  • Nega Yahovani ko‘ra olmaymiz?

  • Muqaddas ruh nima degani?

  • Yahovaning ba’zi fazilatlari qanday?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Yahovaning to‘rtta asosiy fazilatini o‘rganish orqali U haqidagi bilimingizni oshiring.

«Xudo aslida qanaqa?» («Qo‘riqchi minorasi» № 1 2019)

Tangri Yahova barcha narsada mavjud emasligining dalilini ko‘rib chiqing.

«Xudo har yerda mavjudmi?» (Veb-maqola)

Xudoning Kalomida muqaddas ruh haqida nega Xudoning qo‘li, deb aytilganiga e’tibor bering.

«Muqaddas ruh nima?» (Veb-maqola)

Ko‘zi ojiz bir kishi Xudo uni yaxshi ko‘rishidan shubhalanardi. Fikrini o‘zgartirishga unga nima yordam berganiga diqqat qarating.

«Endi boshqalarga yordam bera olaman» («Qo‘riqchi minorasi» 1-oktabr, 2015)