Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

8-DARS

Siz Yahovaning do‘sti bo‘lishingiz mumkin

Siz Yahovaning do‘sti bo‘lishingiz mumkin

Yahova Uni yaxshiroq bilib olishingizni istaydi. Nega? Xudo Uning fazilatlari, odamlarga ko‘rsatgan munosabati va niyati haqida ko‘proq bilib olsangiz, Uning do‘sti bo‘lish istagingiz kuchayishiga umid qilyapti. Xo‘sh, chindan ham Xudoning do‘sti bo‘lishingiz mumkinmi? (Zabur 25:14 ni o‘qing.) Uning do‘sti bo‘lish uchun nima qila olasiz? Muqaddas Kitobda bu savollarga javob berilgan. Shuningdek, Muqaddas Kitobda nega Yahova ega bo‘lishimiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi Do‘st ekani tushuntirilgan.

1. Yahova sizga nimani taklif qilyapti?

«Allohga yaqinlashinglar, shunda U ham sizlarga yaqinlashadi». (Yoqub 4:8) Bu nimani anglatadi? Yahova sizni Uning do‘sti bo‘lishga taklif qilyapti. Ba’zilar Xudoni ko‘ra olmagani tufayli U bilan do‘stlashishning imkoni yo‘q, deb o‘ylaydi. Lekin Kalomida, ya’ni Muqaddas Kitobda Yahova Uning shaxsiyati haqida bilishimiz kerak bo‘lgan barchasini ochib beryapti. Bu tufayli Unga yanada yaqin bo‘lishimiz mumkin. Muqaddas Kitobdan Xudoning bizga yo‘llagan xabarini o‘qiganimizda, Uni hech qachon ko‘rmagan bo‘lsak-da, U bilan do‘stlik rishtalarini mustahkamlay olamiz.

2. Nega Yahova ega bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi Do‘st?

Sizni Yahovadan ko‘ra ko‘proq sevadigan shaxs yo‘q. U baxtiyor bo‘lishingizni va yordamga muhtoj bo‘lgan har qanday paytda Unga yuz burishingizni istaydi. Muqaddas Kitobda: «Barcha g‘am-tashvishlaringizni Unga tashlanglar, chunki U sizlarga g‘amxo‘rlik qiladi»,— deb aytilgan. (1 Butrus 5:7) Yahova do‘stlarini qo‘llab-quvvatlashga, tasalli berishga va tinglashga doim tayyor. (Zabur 94:18, 19 ni o‘qing.)

3. Yahova do‘stlaridan nimani kutadi?

Yahova barcha odamlarni yaxshi ko‘radi, «to‘g‘ri kishi bilan esa yaqin do‘st bo‘ladi». (Hikmatlar 3:32) Xudo do‘stlaridan Uning nazarida to‘g‘ri bo‘lgan ishlar qilishini va yomonlikdan yiroqda bo‘lishini kutadi. Ba’zilar Yahovaning nima yaxshi va nima yomon ekanini ko‘rsatuvchi me’yorlari bo‘yicha hech qachon yashay olmayman, deb o‘ylaydi. Ammo Xudoning bag‘ri keng. Yahova Uni chindan ham yaxshi ko‘radigan va mamnun qilishni xohlayotgan har bir insonni qabul qiladi. (Zabur 147:11; Havoriylar 10:34, 35)

KO‘PROQ BILIB OLING

Qay yo‘sin Yahovaning do‘sti bo‘la olishingiz borasida ko‘proq bilib oling. Qolaversa, nega Yahova ega bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan eng zo‘r Do‘st bo‘la olishiga diqqat qarating.

4. Ibrohim payg‘ambar Yahovaning do‘sti edi

Muqaddas Kitobda Ibrohim (Ibrom deb ham atalgan) haqidagi bayonot Xudoning do‘sti bo‘lish nimani anglatishini tushunishimizga ko‘maklashadi. Ibrohim to‘g‘risida Ibtido 12:1–4 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Yahova Ibrohimga nima qilishni aytgan?

  • Yahova unga nimani va’da qilgan?

  • Ibrohim Yahovaning yo‘l-yo‘riqlariga qanday munosabat ko‘rsatgan?

5. Yahova do‘stlaridan nimani kutadi?

Odatda do‘stlarimizdan muayyan narsalarni kutamiz.

  • Do‘stlaringiz siz uchun nima qilishini yoqtirasiz?

1 Yuhanno 5:3 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yahova do‘stlaridan nimani kutadi?

Yahovaga itoatli bo‘lish niyatida, ehtimol, xulq-atvorimiz yoki shaxsiyatimizning ayrim tomonlarini o‘zgartirish kerakdir. Ishayo 48:17, 18 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega Yahova do‘stlari o‘zgarishi kerakligini aytyapti?

Yaxshi do‘st himoya qiladigan va foyda keltiradigan narsalarni bizga eslatib turadi. Yahova ham O‘z do‘stlari uchun xuddi shunday yo‘l tutadi

6. Yahova do‘stlari uchun nima qilyapti?

Yahova do‘stlariga muammolarni yengishga ko‘maklashyapti. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yahova videodagi ayolga salbiy fikrlari va tuyg‘ulari bilan kurashishga qanday yordam bergan?

Ishayo 41:10, 13 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Yahova barcha do‘stlari uchun nima qilishni va’da beryapti?

  • Sizningcha, Yahova yaxshi Do‘st bo‘la oladimi? Nega?

Do‘stlaringiz yordamga muhtoj bo‘lganingizda ko‘maklashadi. Yahova ham sizga yordam qo‘lini cho‘zadi

7. Yahova bilan Do‘st bo‘lish muloqotni o‘z ichiga oladi

Muloqot qilish do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydi. Zabur 86:6, 11 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Qanday qilib Yahova bilan muloqot qilishimiz mumkin?

  • Yahova biz bilan qanday muloqot qilyapti?

Yahovaga ibodat orqali gapiramiz, U esa Muqaddas Kitob orqali bizga gapiradi

BA’ZILARNING FIKRI: «Xudo bilan do‘st bo‘lishning imkoni yo‘q».

  • Yahova bilan do‘stlashishimiz mumkinligini ko‘rsatuvchi qaysi oyatni keltirgan bo‘lardingiz?

XULOSA

Yahova do‘stingiz bo‘lishni istaydi va Unga yaqinlashishingizga ko‘maklashadi.

Takrorlash

  • Yahova do‘stlariga qanday yordam beradi?

  • Nega Yahova do‘stlari o‘zgarishini xohlaydi?

  • Sizningcha, Yahova do‘stlaridan haddan tashqari ko‘p narsani kutadimi? Nega bunday fikrdasiz?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Xudo bilan do‘stlik qay yo‘sin hayotingizga ta’sir qilishi mumkin?

«Yahova tanishish arziydigan Xudodir» («Qo‘riqchi minorasi» 15-fevral, 2003)

Xudo bilan do‘stlikni qay yo‘sin rivojlantirish mumkinligini bilib oling.

«Qanday qilib Xudoning do‘sti bo‘la olaman?» («Yoshlarning savollari. Amaliy maslahatlar», 2- jild, 35- bob)

Nega bir ayol Yahova bilan do‘stligi hayotini saqlab qolgan, deb o‘ylashiga e’tibor bering.

«Men o‘lishni istamasdim!» («Qo‘riqchi minorasi» № 1 2017)

O‘smirlarning Yahova haqidagi fikrini tinglang.

«Xudo bilan do‘st bo‘lish nimani anglatadi?» 1:46