Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

12-DARS

Muqaddas Kitob tadqiqini davom ettirishingizga nima ko‘maklashadi?

Muqaddas Kitob tadqiqini davom ettirishingizga nima ko‘maklashadi?

Muqaddas Kitobni tadqiq qilish qiziqarli sayohatga o‘xshaydi. Biroq bu doim ham oson bo‘lmasligi mumkin. Ba’zida tadqiqni davom ettira olarmikinman, deb o‘ylab qolishingiz hech gap emas. Nega tadqiqni davom ettirish uchun urinish arziydi? Qiyinchiliklarga qaramay, uni davom ettirishga nima yordam berishi mumkin?

1. Nima uchun Muqaddas Kitobni tadqiq qilish arziydi?

«Xudoning kalomi jonli bo‘lib, kuchli ta’sirga ega». (Ibroniylarga 4:12) Muqaddas Kitob bebahodir. Chunki unda Xudoning fikrlari va sizga bo‘lgan sevgisi haqida yozilgan. U nafaqat bilimga, balki chin donolig-u umidga ega bo‘lishingizga ko‘maklashadi. Asosiysi, Muqaddas Kitob yordamida Yahova bilan do‘stlashishingiz mumkin. Kalomni tadqiq qilganda, uning kuchi hayotingizga ijobiy ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ygan bo‘lasiz.

2. Nega Muqaddas Kitobdagi haqiqat qimmatbaho ekanini tushunish muhim?

Muqaddas Kitobdagi haqiqatlarni bebaho xazinaga o‘xshatsa bo‘ladi. Shuning uchun, u yerda: «Haqiqatni xarid qil, uni sotib yuborma»,— deb aytilgan. (Hikmatlar 23:23) Kalomdagi haqiqat qimmatbaho ekanini doim yodda tutsak, to‘siqlarga duch kelsak ham, uni tadqiq qilishda davom etish uchun astoydil harakat qilamiz. (Hikmatlar 2:4, 5 ni o‘qing.)

3. Tadqiqni davom ettirishingizga Yahova qanday yordam bera oladi?

Yahova Qodir Alloh va Do‘stingiz sifatida U haqda bilim olishingizga yordam berishni istaydi. U sizda «istak uyg‘otib, kuch ato etadi». (Filippiliklarga 2:13 ni o‘qing.) Demak, tadqiq qilish yoki bilib olayotganlarni hayotingizda qo‘llash uchun gohida qo‘shimcha kuch kerak bo‘lsa, Xudo sizga yordam berishi mumkin. Biron to‘siq yoki qarshilikni yengib o‘tish uchun qo‘shimcha kuchga muhtoj bo‘lsangiz, U buni bera oladi. Ibodatda Yahovadan Muqaddas Kitob tadqiqini davom ettirishingizga ko‘maklashishini tinmay so‘rang. (1 Salonikaliklarga 5:17)

KO‘PROQ BILIB OLING

Band bo‘lishga yoki qarshiliklarga qaramay, Muqaddas Kitob tadqiqini to‘xtatmasligingizga nima yordam berishini bilib oling. Keyin esa uni davom ettirishingiz uchun Yahova sizga qanday ko‘maklashishi haqida o‘ylab ko‘ring.

4. Muqaddas Kitob tadqiqini birinchi o‘ringa qo‘ying

Ba’zida juda bandmiz, deb Muqaddas Kitobni tadqiq qilishga vaqtimiz yo‘qdek tuyular. Xo‘sh, nima yordam berishi mumkin? Filippiliklarga 1:10 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Sizningcha, hayotdagi «qaysi narsalar muhimroq»?

  • Qay yo‘sin Muqaddas Kitob tadqiqini birinchi o‘ringa qo‘ya olasiz?

  1. A. Idishga avval qumni, keyin toshlarni solsangiz, toshlar sig‘maydi

  2. B. Idishga avval toshlarni, keyin esa qumni solsangiz, hammasi sig‘adi. Shu singari, «muhimroq» narsalarni hayotingizda birinchi o‘ringa qo‘ysangiz, ularni bajara olasiz va boshqa ishlarga ham vaqt qoladi

Muqaddas Kitobni tadqiq qilish orqali ma’naviy narsalarga chanqog‘imizni, ya’ni Xudo haqida bilish va Unga topinish ehtiyojimizni qondiramiz. Matto 5:3 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Muqaddas Kitobni tadqiq qilishni birinchi o‘ringa qo‘yish bizga qanday foyda keltiradi?

5. Qarshiliklar sizni to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymang

Gohida ba’zilar sizni Muqaddas Kitobni tadqiq qilishdan to‘xtatishi mumkin. Francheskoning misoliga diqqat qarating. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Videoda ko‘rganimizday, Franchesko do‘stlari va oilasiga o‘rganayotganlarini aytganda, ular bunga qanday munosabatda bo‘ldi?

  • U taslim bo‘lmagani uchun qanday mukofotga ega bo‘ldi?

2 Timo‘tiyga 2:24, 25 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • O‘rganayotganlaringiz borasida oila a’zolaringiz-u do‘stlaringiz qanday fikrda?

  • Bu oyatlarga ko‘ra, Muqaddas Kitobni tadqiq qilayotganingizdan kimdir mamnun bo‘lmasa, qanday yo‘l tutishingiz kerak? Nima uchun?

6. Yahova sizga yordam berishiga ishoning

Yahovaga yaqinlashganimiz sayin, Uni mamnun qilish istagimiz kuchayadi. Biroq Uning me’yorlariga muvofiq yashash uchun hayotimizga o‘zgarishlar kiritish qiyin kechishi mumkin. Siz ham bunga duch kelayotgan bo‘lsangiz, taslim bo‘lmang. Yahova sizga yordam beradi. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Videodan ko‘rganimizday, Jim Yahovani mamnun qilish uchun qanday o‘zgarishlar qildi?

  • Uning misoli sizga nimasi bilan ta’sir qildi?

Ibroniylarga 11:6 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Yahova Uni «astoydil izlayotganlar», ya’ni Uni tanib-bilayotgan va mamnun qilishga intilayotganlar uchun nima qiladi?

  • Muqaddas Kitobni tadqiq qilish uchun harakat qilayotganingizni ko‘rib, Yahova nimalarni his qilar ekan?

BA’ZILARNING SAVOLI: «Nega Muqaddas Kitobni tadqiq qilyapsiz?»

  • Qanday javob berardingiz?

XULOSA

Muqaddas Kitobni tadqiq qilish doim ham oson bo‘lmasa-da, bunday qilish hayotdan toabad zavqlanishingizga yordam berishi mumkin. Yahovaga tayanishda davom eting va U sizni mukofotlaydi.

Takrorlash

  • Nega Muqaddas Kitobdagi haqiqatlar siz uchun qadrli?

  • Qanday qilib «qaysi narsalar muhimroq ekanini farqlay olasiz»?

  • Muqaddas Kitob tadqiqini davom etish uchun nega Yahovadan yordam so‘rashingiz kerak?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Ko‘plarga vaqtidan donolik ila foydalanishga yordam bergan to‘rtta usulni bilib oling.

«Vaqtdan unumli foydalaning» («Uyg‘oning!» fevral, 2014)

Bir ayol Xudoni mamnun qilish uchun jon kuydirgan, lekin eri buni tushunmagan. Yahova bu ayolga qay yo‘sin yordam berganiga e’tibor qarating.

«Yahova og‘irliklarimizni ko‘tarish uchun bizni mustahkamlayapti» 5:05

Bir kishi xotini taslim bo‘lmagani tufayli qanday foyda olganiga nazar soling.

«Men haqiqatni yaxshilab tekshirganman» 6:30

Ba’zida Yahovaning Shohidlari oilalarni barbod qilishda ayblanadi. Bu rostmi?

«Yahovaning Shohidlari oilalarni buzadimi yoki mustahkamlaydimi?» (Veb-maqola)