Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

16-DARS

Iso yer yuzida bo‘lganda nimalar qilgan?

Iso yer yuzida bo‘lganda nimalar qilgan?

Ko‘plar Isoni oxurda yotgan yangi tug‘ilgan chaqaloq yoki payg‘ambar sifatida tasavvur qiladi. Qiziq, yer yuzidagi hayotini tahlil qilish orqali u haqida ko‘proq narsa bilib olishimiz mumkinmi? Ushbu darsda Isoning eng muhim ishlaridan ba’zilarini va ular sizga qay yo‘sin yordam berishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

1. Isoning asosiy ishi nimadan iborat edi?

Isoning asosiy ishi «Xudoning Shohligi to‘g‘risidagi xushxabarni... va’z qilish» edi. (Luqo 4:43 ni o‘qing.) U Xudo insonlarning barcha muammolarini hal qila oladigan Shohlik yoki hukumat o‘rnatishi haqidagi xushxabarni va’z qilgan a. Iso bu xabarni boshqalarga aytish uchun uch yarim yil mobaynida jon kuydirgan. (Matto 9:35)

2. Iso nima maqsadda mo‘jizalar ko‘rsatgan?

Muqaddas Kitobda Alloh Iso orqali qilgan «qudratli ishlar, g‘aroyibotlar-u alomatlar» haqida aytilgan. (Havoriylar 2:22) Xudoning qudrati bilan Iso tabiat kuchlarini nazorat qila olgan, minglab odamlarni to‘ydirgan, kasallarga shifo bergan va hatto o‘lganlarni tiriltirgan. (Matto 8:23–27; 14:15–21; Mark 6:56; Luqo 7:11–17) Iso namoyon etgan mo‘jizalardan uni Xudo yuborgani yaqqol ko‘rinib turardi. Qolaversa, ular Yahova barcha muammolarimizni yechishga qodir ekanini tasdiqlardi.

3. Isoning hayot tarzidan nimani o‘rganishimiz mumkin?

Iso har bir vaziyatda Yahovaga bo‘ysungan edi. (Yuhanno 8:29 ni o‘qing.) Qarshiliklarga qaramay, Iso Otasi aytgan barcha narsani o‘limigacha sadoqat ila bajardi. U hatto qiyin vaziyatlarda insonlar Xudoga xizmat qila olishini isbotladi. Shu yo‘sin, «uning izidan og‘may [yurishimiz] uchun o‘rnak ko‘rsatdi». (1 Butrus 2:21)

KO‘PROQ BILIB OLING

Iso qay yo‘sin xushxabarni bo‘lishgani va mo‘jizalar yaratgani to‘g‘risida bilib oling.

4. Iso xushxabar bilan bo‘lishgan

Iso imkon qadar ko‘p insonlarga xushxabarni yetkazish uchun yuzlab kilometrga teng chang yo‘llardan yurgan. Luqo 8:1 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Iso faqat uni tinglash uchun yig‘ilgan insonlarga va’z qilganmi?

  • U odamlarni topish uchun qanday harakatlar qilgan?

Xudo Masih xushxabarni aytishini bashorat qilgan. Ishayo 61:1, 2 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Qay yo‘sin Iso mazkur bashoratni amalga oshirgan?

  • Sizningcha, hozirda odamlar bu xushxabarni tinglashga muhtojmi?

5. Iso bebaho haqiqatlarni o‘rgatgan

U Xudoning Shohligi haqidagi xushxabarni va’z qilishdan tashqari, foydali saboqlarni ham o‘rgatgan. Uning Tog‘dagi taniqli va’zidan bir nechta misolni ko‘rib chiqaylik. Matto 6:14, 34 va 7:12 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Ushbu oyatlarda Iso qanday amaliy maslahatlar bergan?

  • Sizningcha, bu maslahatlar hozir ham yordam berishi mumkinmi?

6. Iso mo‘jizalar yaratgan

Iso Yahovaning qudrati bilan ko‘p mo‘jizalar yaratgan. Ulardan biri haqida bilish uchun Mark 5:25–34 ni o‘qing yoki VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Videodan ko‘rganimizday, dardga chalingan ayol nimaga amin edi?

  • Ushbu mo‘jiza sizga nimasi bilan ta’sir qildi?

Yuhanno 5:36 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Isoning mo‘jizalari nimadan «shahodat bergan» yoki u haqida nimani isbotlagan?

Bilasizmi?

Iso to‘g‘risidagi aksariyat ma’lumot Muqaddas Kitobning «Injil» deb ataladigan to‘rtta bayonotida — Matto, Mark, Luqo va Yuhanno bayonotlarida keltirilgan. Injilning har bir yozuvchisi Iso borasida turli tafsilotlarni keltirgan. Bu to‘rtta kitobning barchasini o‘qiganimizda, Isoning hayoti borasida ajoyib tasavvurga ega bo‘lamiz.

  • MATTO

    birinchi bo‘lib yozgan. U Isoning ta’limotlari, ayniqsa, Xudoning Shohligi haqida ta’lim berganini ta’kidlagan.

  • MARK

    eng qisqa bayonot yozgan. U turli ajoyib hodisalarga boy kitob.

  • LUQO

    ibodatga va Iso ayollarga mehribon bo‘lganiga alohida e’tibor qaratgan.

  • YUHANNO

    Iso yaqin do‘stlari va boshqalar bilan qurgan suhbatlari yordamida uning shaxsiyati haqida anchagina narsani ochib bergan.

BA’ZILARNING FIKRI: «Iso oddiy payg‘ambar bo‘lgan, xolos».

  • Siz nima deb o‘ylaysiz?

XULOSA

Iso Xudoning Shohligi to‘g‘risida va’z qilgan, mo‘jizalar yaratgan va har bir vaziyatda Yahovaga itoatli bo‘lgan.

Takrorlash

  • Isoning yer yuzidagi asosiy ishi nimadan iborat edi?

  • Uning mo‘jizalari nimani isbotladi?

  • Iso qanday amaliy saboqlarni o‘rgatdi?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Iso yaratgan mo‘jizalar chindan ham yuz berganiga nega ishonishimiz mumkinligiga diqqat qarating.

«Isoning mo‘jizalari. Ulardan qanday saboq olishingiz mumkin?» («Qo‘riqchi minorasi» 15-iyul, 2004)

Isoning fidoyiligi bir kishiga qanday ta’sir qilgani haqida o‘qing.

«Men faqat o‘zim uchun yashaganman» («Qo‘riqchi minorasi» 1-oktabr, 2014)

Iso yer yuzidagi hayoti davomida qilgan muhim ishlarni qaysi ketma-ketlikda bajarganini bilib oling.

«Isoning yerdagi hayotining asosiy hodisalari» («Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi», ilovaning A7 mavzusi)

a 31–33- darslarda Xudoning Shohligi haqidagi mavzu batafsil ko‘rib chiqiladi.