Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

18-DARS

Masihning chinakam izdoshlarini qay yo‘sin aniqlay olamiz?

Masihning chinakam izdoshlarini qay yo‘sin aniqlay olamiz?

Milliardlab odamlar Masihning izdoshi ekanini ta’kidlaydi. Ammo ularning e’tiqodi turlicha va ular bir xil me’yorlar asosida yashamaydi. Unday bo‘lsa, Masihning chinakam izdoshlarini qay yo‘sin aniqlay olamiz?

1. Isoning haqiqiy izdoshlari kim?

Iso Masihning shogirdlari yoki izdoshlari «masihiy» deb ataladi. (Havoriylar 11:26 ni o‘qing.) Ular Isoning shogirdlari ekanini qay yo‘sin isbotlaydi? Iso shunday degan: «Agar mening so‘zlarimga rioya qilsangizlar, chindan ham mening shogirdlarimsiz». (Yuhanno 8:31) Bu degani, Isoning chinakam izdoshlari uning amrlariga rioya qilishi kerak. Iso ta’limotlarini Muqaddas Yozuvlarga asoslaganiday, uning haqiqiy izdoshlari ham e’tiqodini Muqaddas Kitobga asoslaydi. (Luqo 24:27 ni o‘qing.)

2. Isoning chinakam izdoshlari qay yo‘sin sevgini namoyon etadi?

Iso izdoshlariga: «Men sizlarni qanday sevgan bo‘lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday seving»,— deb aytgan. (Yuhanno 15:12) Xo‘sh, Iso shogirdlarini sevganini qay yo‘sin ko‘rsatgan? U ular bilan vaqt o‘tkazgan, ularga dalda va yordam bergan. Iso hatto ular uchun o‘z jonini fido qilgan. (1 Yuhanno 3:16) Shu singari, Isoning chinakam izdoshlari shunchaki sevgi haqida gapirishdan ko‘prog‘ini qiladi. Ular bir-birini sevishini so‘zlari va xatti-harakatlari bilan ko‘rsatadi.

3. Isoning chinakam izdoshlari qanday faoliyat bilan band?

Iso shogirdlariga bir vazifa topshirdi. U «ularni Xudoning Shohligi to‘g‘risida va’z etish... uchun yubordi». (Luqo 9:2) Ilk masihiylar nafaqat topinish joylarida, balki jamoat joylarida va uyma-uy va’z qilgan. (Havoriylar 5:42; 17:17 ni o‘qing.) Masihning haqiqiy izdoshlari bugun ham Muqaddas Kitobdagi haqiqatni hamma joyda va’z qiladi. Ular yaqinini sevadi. Shu bois, vaqti-yu kuchidan mamnuniyat ila foydalanib, umid va tasalli baxsh etadigan Muqaddas Kitobdagi xabar bilan bo‘lishadi. (Mark 12:31)

KO‘PROQ BILIB OLING

Masihning haqiqiy izdoshlari Isoning amrlariga rioya qilmayotgan va o‘rnagiga ergashmayotgan odamlardan nimasi bilan farq qilishi haqida o‘ylab ko‘ring.

4. Ular Muqaddas Kitobdagi haqiqatni izlaydi

Ilk masihiylar Xudoning Kalomini qadrlagan

O‘zini Isoning izdoshi deb ta’kidlayotganlarning hammasi ham Muqaddas Kitobdagi haqiqatni qadrlamaydi. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Ba’zi cherkovlar o‘rgatayotgan narsalar va Isoning ta’limotlari orasida qanday farq bor?

Iso Xudoning Kalomidagi haqiqatni o‘rgatgan. Yuhanno 18:37 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Isoning so‘zlariga ko‘ra, «haqiqat tarafida» bo‘lgan odamlarni qay yo‘sin aniqlay olamiz?

5. Ular Muqaddas Kitobdagi haqiqatni va’z qiladi

Ilk masihiylar va’z qilgan

Iso osmonga ko‘tarilishidan avval izdoshlariga bir topshiriqni bergan va u hozirgi kunda ham bajarilmoqda. Matto 28:19, 20 va Havoriylar 1:8 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Va’zgo‘ylik ishi qachongacha va qay miqyosda olib borilishi kerak?

6. Ular va’z qilganlariga amal qiladi

Tom ismli kishi Masihning chinakam izdoshlarini topganiga nima yordamida amin bo‘ldi? VIDEONI tomosha qiling, quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Videoda ko‘rsatilganiday, Tomning dindan ko‘ngli qolishiga nima sabab bo‘ldi?

  • Haqiqatni topganiga uni nima ishontirdi?

So‘zlardan ishlarning salmog‘i baland. Matto 7:21 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Iso uchun nima muhimroq: nimaga ishonishimizni aytishmi yoki ishlarimizda buni tasdiqlashmi?

7. Ular bir-birini sevadi

Ilk masihiylar o‘zaro sevgini namoyon etgan

Masihiylar chindan ham imondoshlari uchun hayotini xavf ostiga qo‘yadimi? VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling.

  • Videoda ko‘rganimizday, Lloydni hayotini xavf ostiga qo‘yib, Yoxansenni himoya qilishga nima undadi?

  • Sizningcha, u Masihning haqiqiy izdoshiday yo‘l tutdimi?

Yuhanno 13:34, 35 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Isoning shogirdlari, ya’ni uning chinakam izdoshlari boshqa irqdan yo millatdan bo‘lganlarga qanday munosabatda bo‘lishi kerak?

  • Qay yo‘sin ular buni urush paytida ko‘rsata oladi?

BA’ZILARNING FIKRI: «Xristian olamidagilar dahshatli ishlar qiladi. Qanaqasiga ular chinakam din a’zolari bo‘lishi mumkin?!»

  • Isoning chinakam izdoshlarini aniqlashga ko‘maklashadigan qaysi oyatni ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

XULOSA

Masihning chinakam izdoshlari Muqaddas Kitobda yozilganlarga amal qiladi, fidoyi sevgini ko‘rsatadi va Kalomdagi haqiqatni boshqalar bilan bo‘lishadi.

Takrorlash

  • Isoning chinakam izdoshlarining ta’limotlari nimaga asoslanadi?

  • Qaysi fazilat Isoning chinakam izdoshlarini ajratib turadi?

  • Isoning chinakam izdoshlari qanday faoliyatni olib boradi?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Iso Masihning o‘rnagiga ergashishga va amrlariga rioya qilishga jon kuydirayotgan odamlar haqida ko‘proq bilib oling.

«Yahovaning Shohidlari o‘zi kim?» 1:13

Oldinlari rohiba bo‘lgan ayol qanday qilib chinakam ma’naviy oilani topgani to‘g‘risida o‘qib ko‘ring.

«Ular barcha savollarga Muqaddas Kitob asosida javob berardi» («Qo‘riqchi minorasi» 1-aprel, 2014)

Yordamga muhtoj bo‘lgan imondoshlariga haqiqiy masihiylar qay yo‘sin sevgisini namoyon etishiga diqqat qarating.

«Tabiiy ofatlarda imondoshlarimizga yordam berish» — Videolavha 3:57

Qay yo‘sin bugungi kunda Isoning chinakam shogirdlari ilk masihiylar kabi yo‘l tutishiga va bu Iso aytganiday, uning chinakam izdoshlarini ajratib turishiga e’tibor bering.

«Masihning haqiqiy izdoshlarini nimalardan bilsa bo‘ladi?» («Qo‘riqchi minorasi» 1-mart, 2012)