Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

21-DARS

Qay yo‘sin xushxabar va’z qilinyapti?

Qay yo‘sin xushxabar va’z qilinyapti?

Tangri Yahova Shohligi orqali yaqinda barcha muammolarimizdan bizni xalos etadi. Bu xabar juda yoqimli, uni barcha bilishi kerak. Iso Masih shogirdlari bu xabarni boshqalar bilan bo‘lishishini istagan. (Matto 28:19, 20) Yahovaning Shohidlari Iso bergan amrga qay yo‘sin amal qilyapti?

1. Qay yo‘sin Matto 24:14 amalga oshmoqda?

Iso shunday deb bashorat qilgan: «Shohlik haqidagi xushxabar hamma xalqlarga shahodat berilishi uchun butun dunyo bo‘ylab va’z qilinadi». (Matto 24:14) Yahovaning Shohidlari bu muhim faoliyatda ishtirok etayotganidan baxtiyor. Xushxabarni butun dunyo bo‘ylab 1 000 dan ziyod tilda va’z qilyapmiz. Ushbu keng miqyosdagi faoliyat uchun anchagina urinishlar kerak bo‘lib, uni tashkillashtirish darkor. Uni Yahovaning ko‘magisiz bajara olmaymiz.

2. Odamlarga va’z qilish uchun nimalar qilyapmiz?

Odamlarni topish mumkin bo‘lgan har qanday joyda va’z qilamiz. Birinchi asrdagi masihiylar kabi «uyma-uy» va’z qilamiz. (Havoriylar 5:42) Bu usuldan muntazam foydalanganimiz tufayli har yili millionlab odamlarga xushxabarni aytamiz. Odamlar doim ham uyida bo‘lmagani tufayli ko‘pgina jamoat joylarida ham shohidlik beramiz. Doim Yahova hamda Uning niyatlari haqida boshqalarga aytish imkoniyatlarini izlaymiz.

3. Kimlar xushxabarni va’z qilishga mas’ul?

Masihning barcha haqiqiy izdoshlari xushxabarni boshqalar bilan bo‘lishishga mas’ul. Bunga jiddiy yondashamiz. Har birimiz imkoniyatimiz yo‘l qo‘yguncha ko‘proq va’z qilamiz, chunki bu hayot-mamot masalasi ekanini tushunamiz. (1 Timo‘tiyga 4:16 ni o‘qing.) Bu faoliyat uchun bizga pul to‘lanmaydi. Zero, Muqaddas Kitobda shunday deb yozilgan: «Tekinga olgansizlar, tekinga beringlar». (Matto 10:7, 8) Ko‘plar xushxabarni qabul qilmaydi. Ammo taslim bo‘lmaymiz, sababi, va’zgo‘ylik faoliyati topinishimizning bir qismi bo‘lib, Tangri Yahovani quvontiradi.

KO‘PROQ BILIB OLING

Yahovaning Shohidlari butun dunyo bo‘ylab va’z qilish uchun nimalar qilayotgani va Yahova ularga qay yo‘sin ko‘maklashayotgani borasida ko‘proq bilib oling.

4. Barcha insonlarga va’z qilishga intilamiz

Yahovaning Shohidlari har yerdagi odamlarga xushxabarni yetkazish uchun jon kuydiradi. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yahovaning Shohidlari va’zgo‘ylik faoliyatida qilayotgan harakatlari sizda qanday taassurotlar uyg‘otyapti?

Matto 22:39 va Rimliklarga 10:13–15 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Yaqinimizni sevishimiz va’zgo‘ylik faoliyatimizda qay yo‘sin namoyon bo‘lyapti?

  • Yahova xushxabarni va’z qilayotganlar borasida qanday fikrda? (15- oyatga qarang.)

5. Tangrining xizmatdoshlarimiz

Ko‘p misollar Yahova faoliyatimizni yo‘naltirayotganini ko‘rsatyapti. Masalan, Yangi Zelandiyadagi Pol ismli birodarimiz kunduzi uyma-uy va’z qilayotganida bir ayolni uchratdi. O‘sha kuni ertalab ayol Xudoga Yahova deb, ya’ni ismi bilan murojaat qilib, biron kishi unikiga kelishini so‘ragan ekan. Pol: «Bundan uch soat o‘tib, uning uyi ostonasida turgan edim»,— dedi.

1 Korinfliklarga 3:9 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yangi Zelandiyadagi bir ayol bilan yuz bergan voqea Yahova va’zgo‘ylik ishini yo‘naltirayotganini qay yo‘sin ko‘rsatyapti?

Havoriylar 1:8 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Va’zgo‘ylik ishini amalga oshirish uchun nega Yahovaning yordamiga muhtojmiz?

Bilasizmi?

Hafta o‘rtasida o‘tadigan uchrashuvlarda va’z qilishimizga yordam beradigan ta’lim olamiz. Bunday yig‘ilishlardan biriga borgan bo‘lsangiz, u yerdagi ta’lim haqida qanday fikrdasiz?

6. Xudoning va’z qilish borasidagi amriga bo‘ysunamiz

Birinchi asrda dushmanlar Isoning izdoshlarini va’z qilishdan to‘xtatishga uringan. Ilk masihiylar «xushxabarni... qonuniylashtirish» orqali va’z qilish huquqini himoyalagan. (Filippiliklarga 1:7) Bugun ham Yahovaning Shohidlari xuddi shunday yo‘l tutadi a.

Havoriylar 5:27–42 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega va’z qilishdan to‘xtamaymiz? (29-, 38- va 39- oyatlarga qarang.)

BA’ZILARNING SAVOLI: «Nega Yahovaning Shohidlari uyma-uy va’z qiladi?»

  • Siz qanday javob bergan bo‘lardingiz?

XULOSA

Iso izdoshlariga xushxabarni barcha xalqlarga va’z qilishni aytgan. Yahova xalqiga bu vazifani bajarishga yordam beryapti.

Takrorlash

  • Qay yo‘sin xushxabar dunyo bo‘ylab va’z qilinmoqda?

  • Yaqinimizni sevishimizni xizmatimiz yordamida qanday ko‘rsata olamiz?

  • Sizningcha, va’zgo‘ylik ishi mamnuniyat baxsh etadimi? Nima uchun?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Yahovaning Shohidlari katta shaharlarda qay yo‘sin va’z qilishiga diqqat qarating.

«Parijning jamoat joylarida va’z qilish dasturi» 5:11

Yahovaning Shohidlari qochoqlarga xushxabarni aytish uchun nimalar qilyapti?

«Qochoqlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish» 5:59

To‘la vaqtli xizmat qanchalar mamnuniyat baxsh etishini shaxsan o‘zida his qilgan inson haqida bilib oling.

«To‘g‘ri yo‘lni tanlaganimdan xursandman» 6:29

Sudda qozongan ayrim g‘alabalarimiz xushxabar yanada kengroq yoyilishiga hissa qo‘shgani to‘g‘risida bilib oling.

«Shohlik xabarchilari sudga murojaat qiladi» («Xudoning Shohligi boshqarmoqda», 13- bob)

a Va’zgo‘ylik faoliyatini olib borishimiz uchun bizga Xudo vakolat bergan. Shu bois, Yahovaning Shohidlari xushxabarni va’z qilish uchun insoniy hukumatlardan ruxsat so‘rashining keragi yo‘q.