Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

27- DARS

Qay yo‘sin Isoning o‘limi tufayli najotga erishamiz?

Qay yo‘sin Isoning o‘limi tufayli najotga erishamiz?

Ilk juftlik — Odamato va Momohavo Xudoga itoatsizlik qilgani tufayli gunoh qilamiz, azob chekamiz va o‘lamiz a. Ammo chorasiz qoldirilmaganmiz. Yahova O‘g‘li Iso Masih orqali bizni gunoh va o‘lim la’natidan xalos etish uchun chora ko‘rdi. Muqaddas Kitobga ko‘ra, Iso o‘limi orqali to‘lov berdi. To‘lov biror kishini ozod etish uchun to‘lanadigan bahodir. Iso to‘lagan baho uning mukammal insoniy hayoti edi. (Matto 20:28 ni o‘qing.) U yer yuzida abadiy yashash huquqidan tayyorlik ila voz kechganida, Odamato va Momohavo yo‘qotgan barcha narsaga qayta ega bo‘lishimiz uchun yo‘l ochdi. Qolaversa, Iso u va Yahova bizni juda qattiq sevishini ko‘rsatdi. Mazkur dars yordamida Isoning o‘limi uchun minnatdorchiligingizni oshira olasiz.

1. Bugungi kunda Isoning o‘limi bizga qanday foyda keltirmoqda?

Gunohkor bo‘lganimiz uchun Yahovani ko‘p ranjitamiz. Biroq gunohlarimiz uchun chin ko‘ngildan tavba qilsak, Yahovadan Iso Masih orqali bizni kechirishini so‘rasak hamda o‘sha xatolarni qaytarmaslikka jon kuydirsak, Xudo bilan qalin do‘st bo‘lishdan quvonamiz. (1 Yuhanno 2:1) Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Odil inson Masih adolatsiz kishilarni gunohdan xalos etish uchun birato‘la o‘zini fido qildi. Sizlarni Xudoga olib kelish uchun u shunday yo‘l tutdi». (1 Butrus 3:18)

2. Isoning o‘limi kelajakda bizga qanday foyda keltiradi?

Yahova Isoni mukammal insoniy hayotini qurbon qilishi uchun yerga yuborgan. «Toki [Isoga] ishongan har bir kishi halok bo‘lmasin, balki mangu hayotga ega bo‘lsin». (Yuhanno 3:16) Iso jonini fido qilgani tufayli tez orada Yahova Odamatoning itoatsizligi keltirgan barcha yomonliklarni bartaraf qiladi. Darhaqiqat, Isoning qurbonligiga ishonsak, yer yuzidagi jannatda hayotdan toabad zavqlanish imkoniga ega bo‘lamiz. (Ishayo 65:21–23)

KO‘PROQ BILIB OLING

Iso nega hayotini qurbon qilganini hamda bu sizga qanday foyda keltirishi haqida ko‘proq bilib oling.

3. Isoning o‘limi bizni gunoh va o‘limdan ozod qiladi

VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Odamato Xudoga itoatsizlik qilib, nimani boy berdi?

Rimliklarga 5:12 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Odamatoning gunohi hayotingizga qanday ta’sir qildi?

Yuhanno 3:16 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega Yahova O‘g‘lini yer yuziga yubordi?

  1. A. Odamato Xudoga bo‘ysunmadi va insoniyatni gunoh hamda o‘limga yo‘liqtirgan mukammal odam edi

  2. B. Iso Xudoga bo‘ysundi va insoniyat mukammallik hamda abadiy hayotga erisha olishiga yo‘l ochgan mukammal odam edi

4. Isoning o‘limi barchaga foyda keltirishi mumkin

VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Qanday qilib bir odamning o‘limi butun insoniyatga foyda keltirishi mumkin?

1 Timo‘tiyga 2:5, 6 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Odamato insoniyatni gunoh va o‘limga yo‘liqtirgan mukammal inson edi. Iso ham mukammal bo‘lgan. U «munosib to‘lovni» taqdim etib, nimaga yo‘l ochdi?

5. To‘lov Yahova siz uchun bergan hadyadir

Yahovaning do‘stlari to‘lovni shaxsan ular uchun berilgan hadya, deb biladi. Misol uchun, Galatiyaliklarga 2:20 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Havoriy Pavlus to‘lovni shaxsan u uchun berilgan hadya, deb bilganini qay yo‘sin ko‘rsatgan?

Odamato gunoh qilganida, u va butun avlodi o‘limga mahkum bo‘ldi. Biroq Yahova O‘g‘lini to‘lov berishi uchun yubordi. Bu orqali siz hayotdan toabad zavqlanish imkoniyatiga ega bo‘la olasiz.

Quyidagi oyatlarni o‘qir ekansiz, O‘g‘li azob chekkanida, Yahova nimalarni his qilgan bo‘lishi mumkinligini tasavvur qiling. Yuhanno 19:1–7, 16–18 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yahova hamda Iso siz uchun qilgan yaxshiliklari tufayli nimalarni his qilyapsiz?

BA’ZILARNING SAVOLI: «Qanday qilib bitta odamning o‘limi barchaga najot keltirishi mumkin?»

  • Qanday javob berardingiz?

XULOSA

Isoning o‘limi Yahova gunohlarimizni kechirishi uchun asos bo‘ladi. Bu tufayli hayotdan toabad zavqlanish imkoniga egamiz.

Takrorlash

  • Iso nima uchun o‘lgan?

  • Iso «munosib to‘lovni» taqdim etib, nimaga yo‘l ochdi?

  • Isoning o‘limi sizga qanday foyda keltirishi mumkin?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Nega Isoning yer yuzidagi mukammal hayoti to‘lov deb atalishini bilib oling.

«Qanday qilib Isoning qurbonligi “ko‘plar uchun” to‘lov bo‘la oladi?» (Veb-maqola)

Najotga erishish uchun nima qilishimiz kerakligiga diqqat qarating.

«Iso Masih qanday qilib qutqaradi?» (Veb-maqola)

Tangri Yahova hatto jiddiy gunohlarni kechira oladimi?

«Muqaddas Kitobga oid savollarga javoblar» («Qo‘riqchi minorasi» 1-may, 2013)

Qanday qilib bir kishiga Isoning to‘lov qurbonligi haqida o‘rganish shaxsiyatini o‘zgartirishga yordam berganini bilib oling.

«Endi zo‘ravonlikning quli emasman» (Veb-maqola)

a Gunoh bu faqatgina yomon ish qilish degani emas. U, shuningdek, Odamato va Momohavoning avlodi bo‘lganimiz tufayli yomonlik qilishga moyil ekanimizni anglatadi.