Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

30-DARS

Qadrdon yaqiningiz hayotga qaytadi!

Qadrdon yaqiningiz hayotga qaytadi!

O‘lim ko‘p qayg‘u hamda tushkunlikka sabab bo‘ladi. Shu bois, o‘lim Muqaddas Kitobda dushman deb atalgan. (1 Korinfliklarga 15:26) 27- darsda Tangri Yahova bu dushmanni yengishini bilib oldingiz. Biroq o‘lganlar bilan nima bo‘ladi? Ushbu darsda Yahovaning yana bir ajoyib va’dasi, ya’ni milliardlab odamlarni hayotdan toabad zavqlanib yashashi uchun tiriltirishi to‘g‘risida bilib olasiz. Xudo ularni hayotga qaytaradi! Xo‘sh, bu chindan ham yuz berishi mumkinmi? Ular osmonda yoki yer yuzida yashash uchun tiriladimi?

1. Hayotdan ko‘z yumgan yaqinlarimiz uchun Yahova nima qilmoqchi?

Yahova o‘lganlarni hayotga qaytaradigan paytni intiqib kutyapti. Ayub payg‘ambar Alloh uni o‘limidan so‘ng unutmasligiga amin edi. U Xudoga shunday degan: «Meni chaqirasan, men esa [mozordan] javob beraman». (Ayub 14:13–15 ni o‘qing.)

2. O‘lganlar tirilishi mumkinligini qayerdan bilamiz?

Iso yer yuzida bo‘lganida Xudo unga odamlarni tiriltirish qudratini berdi. U 12 yoshli qizchani va bevaning o‘g‘lini hayotga qaytardi. (Mark 5:41, 42; Luqo 7:12–15) Keyinroq Isoning do‘sti Lazar vafot etdi. Uning o‘lganiga va qabrga qo‘yilganiga to‘rt kun bo‘lgan bo‘lsa-da, Iso uni hayotga qaytardi. Iso Xudoga ibodat qildi va baland ovozda: «Lazar, tashqariga chiq!» — dedi. Shunda «jasad chiqib keldi». Bu Lazar edi. (Yuhanno 11:43, 44) Lazarning do‘stlari-yu oila a’zolari naqadar xursand bo‘lganini bir tasavvur qiling.

3. Hayotdan ko‘z yumgan yaqinlaringiz uchun qanday umid bor?

Muqaddas Kitobda «odamlarning tirilishi» va’da qilingan. (Havoriylar 24:15) Iso yer yuzida bo‘lganida tiriltirgan odamlar osmonga ko‘tarilmagan. (Yuhanno 3:13) Iso ularni aynan bu yer yuzida tiriltirgan va ular bundan baxtiyor edi. Shu singari, yaqinda u milliardlab insonlarni yer yuzidagi jannatda hayotdan toabad zavqlanib yashashi uchun tiriltiradi. U «xotira mozorlarida bo‘lgan hamma», hatto unutilganday ko‘ringan, ammo Xudoning xotirasida bo‘lganlar hayotga qaytarilishini aytgan. (Yuhanno 5:28, 29, izoh)

KO‘PROQ BILIB OLING

Muqaddas Kitobga ko‘ra, nega Iso odamlarni tiriltirishga qodir ekanini va buni albatta qilishiga nega amin bo‘lishimiz mumkinligining dalilini bilib oling. Tirilish qay yo‘sin sizga tasalli va umid baxsh etishi mumkinligiga diqqat qarating.

4. Iso o‘lganlarni tiriltirishga qodir ekanini isbotladi

Iso do‘sti Lazar uchun nimalar qilgani haqida ko‘proq bilib oling. Yuhanno 11:14, 38–44 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Lazar chindan ham o‘lganini qayerdan bilamiz? (39- oyatga qarang.)

  • Nima deb o‘ylaysiz, Lazar o‘lganidan keyin jannatga tushganida, Iso uni tiriltirib, yerda yashashga majburlarmidi?

VIDEONI tomosha qiling.

5. Ko‘plar tiriladi!

Zabur 37:29 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Tiriladigan milliardlab insonlar qayerda yashaydi?

Iso Masih Yahovaga topinadiganlardan tashqari yana ko‘plarni tiriltiradi. Havoriylar 24:15 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Kimning tirilishini istardingiz?

Bir o‘ylab ko‘ring, ota farzandini uyqudan osongina uyg‘otadi. Shu kabi, Iso uchun kimnidir tiriltirish qiyin emas

6. Tirilish sizga tasalli va umid baxsh etishi mumkin

Yairning qizi haqida Muqaddas Kitobda yozilgan bayonotdan qayg‘u chekayotgan ko‘plar tasalli hamda dalda olmoqda. Luqo 8:40–42, 49–56 ni o‘qing.

Iso qizchani tiriltirishdan avval uning otasi Yairga: «Qo‘rqmang,.. faqat ishonsangiz bas»,— deb aytgan. (50- oyatga qarang.) Tirilishga bo‘lgan umid quyidagi vaziyatlarda sizga qanday yordam berishi mumkin:

  • yaqiningiz hayotdan ko‘z yumganda

  • hayotingiz xavf ostida bo‘lganda

VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Qay yo‘sin tirilish umidi Felisitining ota-onasiga dalda va tasalli baxsh etdi?

BA’ZILARNING FIKRI: «Odamlar yer yuzida yashash uchun tirilishiga ishonish qiyin».

  • Siz nima deb o‘ylaysiz?

  • Tirilish bo‘lishini ko‘rsatadigan qanday oyatni keltira olasiz?

XULOSA

Muqaddas Kitobda milliardlab insonlar tirilishi borasida va’da qilingan. Yahova ular yana yashashini istaydi va Isoga ularni tiriltirish qudratini bergan.

Takrorlash

  • Yahova hamda Iso o‘lganlarni hayotga qaytarishni istayotganini qayerdan bilamiz?

  • Tirilgan milliardlab odamlar qayerda yashaydi — osmondami yoki yerdami? Nega bunday fikrdasiz?

  • Qadrdon yaqinlaringiz yana yashashiga sizni nima ishontiryapti?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Qayg‘uni yengish uchun qanday amaliy qadamlar qo‘yishingiz mumkinligiga nazar soling.

«Qayg‘uni yenga olasiz» («Uyg‘oning!» № 3 2018)

Muqaddas Kitob prinsiplari qayg‘u chekayotgan kishiga chindan ham yordam bera oladimi?

«Yaqiningiz hayotdan ko‘z yumganda» 5:06

Yaqini hayotdan ko‘z yumgan bolalarga qanday yordam berish mumkin?

«To‘lov» 2:07

Kimdir osmonda yashash uchun tiriladimi? Kimlar tirilmaydi?

«Tirilish nima degani?» (Veb-maqola)