Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

32- DARS

Xudoning Shohligi hozir boshqaryapti

Xudoning Shohligi hozir boshqaryapti

1914-yili Xudoning Shohligi osmonda boshqarishni boshladi. O‘shanda insonlar boshqaruvining oxirgi kunlari boshlandi. Buni qayerdan bilamiz? Keling, Muqaddas Kitobda nima deb bashorat qilinganiga va 1914-yildan beri dunyoning ahvoli va odamlarning xulqi qanday ekaniga nazar solaylik.

1. Muqaddas Kitobda nimalar bashorat qilingan?

Muqaddas Yozuvlardagi Doniyor kitobidan shuni bilamizki, Xudoning Shohligi «yetti davr» deb nomlangan paytning oxirida boshqarishni boshladi. (Doniyor 4:16, 17) Asrlar o‘tgach, Iso Masih o‘sha paytga «o‘zga xalqlar davri» deb ishora qilgan va u hali tugamaganini aytgan. (Luqo 21:24) O‘sha yetti davr 1914-yili tugaganini ko‘rib chiqamiz.

2. 1914-yildan beri dunyoning ahvoli va odamlarning xulqi bilan nima bo‘ldi?

Isoning shogirdlari Xudo Shohligining boshqaruvi va oxirzamon qachon boshlanishini bilishni xohlagan. Ular: «Zamon oxirlab borayotganini qaysi belgidan bilib olamiz?» — deb so‘ragan. (Matto 24:3) Javoban Iso Xudoning Shohligida boshqarishni boshlaganidan keyin nimalar yuz berishini bashorat qilgan. Ulardan ba’zilari urush, oziq-ovqat yetishmovchiligi va zilzilalar. (Matto 24:7 ni o‘qing.) Kalomda, shuningdek, «oxirzamonda» odamlarning xulq-atvori dastidan «og‘ir vaqtlar kelishi» bashorat qilingan. (2 Timo‘tiy 3:1–5) Bunday holat va xulq-atvor, ayniqsa, 1914-yildan beri yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

3. Nega dunyoning ahvoli 1914-yildan beri og‘irlashdi?

Iso Masih Shoh bo‘lganidan sal o‘tib, Shayton va uning jinlariga qarshi jang qildi. Shayton bu jangda yutqazdi. Muqaddas Kitobda u «o‘z farishtalari bilan birga yer yuziga otilgani» to‘g‘risida aytilgan. (Vahiy 12:9, 10, 12) Shayton yo‘q bo‘lishini bilgani uchun qahr-g‘azabda. Shu bois, u yer yuzidagi qayg‘u va azob-uqubatlarning sababchisi. Dunyoning ahvoli nega shu qadar yomon ekani ajablanarli emas! Xudoning Shohligi bu barcha muammolarni bartaraf qiladi.

KO‘PROQ BILIB OLING

Xudoning Shohligi 1914-yili boshqarishni boshlaganini qayerdan bilishimizni va bu biz uchun nimani anglatishi kerakligini bilib oling.

4. 1914-yilga ishora qiluvchi Muqaddas Kitobdagi bashoratlar

Xudo qadimgi Bobil shohi Navuxodonosorga tush orqali kelajakda nima bo‘lishini ko‘rsatdi. Bu tush va Doniyor payg‘ambar uni qanday talqin qilgani haqida Muqaddas Kitobdan o‘qishimiz mumkin. U Navuxodonosorning shohligi va Xudoning Shohligi haqida. (Doniyor 4:17 ni o‘qing.) a

Doniyor 4:20–26 ni o‘qing, so‘ng rasmlardan foydalanib, quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • (A) Navuxodonosor tushida nimani ko‘rdi? (20- va 21- oyatlarga qarang.)

  • (B) Daraxtga nima bo‘ldi? (23- oyatga qarang.)

  • (D) «Yetti davr»ning oxirida nima yuz berishi kerak edi? (26- oyatga qarang.)

Daraxt haqidagi tush Xudoning Shohligi bilan qanday bog‘liq?

BASHORAT (Doniyor 4:20–36)

Boshqaruv

(A) Ulkan daraxt

Hukmronlik to‘xtatildi

(B) «Daraxtni chopib tashlanglar» va «yetti davr o‘tsin»

Hukmronlik tiklandi

(D) «Shohlik qo‘lingizga qaytariladi»

Bashoratning birinchi bor amalga oshishi

  • (E) Daraxt kimni bildiradi? (22- oyatga qarang.)

  • (F) Uning hukmronligi qachon to‘xtatildi? (Doniyor 4:29–33 ni o‘qing.)

  • (G) «Yetti davr»ning oxirida Navuxodonosor bilan nima bo‘ldi? (Doniyor 4:34–36 ni o‘qing.)

BIRINCHI BOR AMALGA OSHISHI

Boshqaruv

(E) Bobil shohi Navuxodonosor

Hukmronlik to‘xtatildi

(F) Mil. avv. 606-yildan so‘ng Navuxodonosor aqldan ozib, tom ma’nodagi yetti yil davomida boshqara olmadi

Hukmronlik tiklandi

(G) Navuxodonosorning es-hushi qaytdi va u yana hukmronlik qila boshladi

Bashoratning ikkinchi bor amalga oshishi

  • (H) Daraxt kimlarni bildiradi? (1 Solnomalar 29:23 ni o‘qing.)

  • (I) Ularning boshqaruvi qachon to‘xtatildi? Iso yer yuzida bo‘lganida ular hukm surmaganini qayerdan bilamiz? (Luqo 21:24 ni o‘qing.)

  • (J) Bu hukmronlik qachon va qayerda tiklandi?

IKKINCHI BOR AMALGA OSHISHI

Boshqaruv

(H) Isroil shohlari Xudoning hukmdorligini bildirgan

Hukmronlik to‘xtatildi

(I) Quddus vayron qilindi va Isroil shohlarining sulolasi 2 520 yilga to‘xtatildi

Hukmronlik tiklandi

(J) Iso Masih osmonda Xudoning Shohligida hukm surishni boshladi

Yetti davr qancha vaqtni o‘z ichiga oladi?

Muqaddas Kitobdagi ba’zi parchalar uning boshqa qismlarini tushunishimizga yordam beradi. Masalan, Xudoning Kalomidagi Vahiy kitobida uch yarim muddat 1 260 kunga teng deb yozilgan. (Vahiy 12:6, 14) Uch yarim muddatni ikkiga ko‘paytirsak, yetti davr bo‘ladi. Bu 2 520 kun degani. Ba’zida Muqaddas Kitobga ko‘ra, bir kun bir yilni bildiradi. (Hizqiyo 4:6) Shuning uchun, Doniyor kitobida tilga olingan yetti davr yoki muddat 2 520 yil davom etgan.

5. 1914-yildan beri ahvol o‘zgaryapti

Iso u Shoh bo‘lgach, dunyoning ahvoli o‘zgarishini aytgan. Luqo 21:9–11 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Bularning qaysilarini ko‘rgansiz yoki eshitgansiz?

Havoriy Pavlus insonlar boshqaradigan oxirzamonda odamlar qanday bo‘lishini aytib o‘tgan. 2 Timo‘tiyga 3:1–5 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Bugun odamlar o‘zini shunday tutganini ko‘ryapsizmi?

6. Shohlik boshqarayotganiga ishonayotganingizni ko‘rsating

Matto 24:3, 14 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Qaysi muhim faoliyat hozir Xudoning Shohligi boshqarayotganini ko‘rsatyapti?

  • Qay yo‘sin bu ishda hissa qo‘sha olasiz?

Xudoning Shohligi hozir boshqaryapti va yer yuzida ham to‘liq hukm surishni boshlaydigan kun yaqin. Ibroniylarga 10:24, 25 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • «O‘sha kunning yaqinlashib qolganini ko‘rib turgan ekanmiz», har birimiz nima qilishimiz kerak?

Boshqalarga yordam berishi va hayotini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan biron narsa haqida bilib qolsangiz, nima qilgan bo‘lardingiz?

BA’ZILARNING SAVOLI: «Nega Yahovaning Shohidlari 1914-yilni muhim deb biladi?»

  • Buni qanday tushuntirgan bo‘lardingiz?

XULOSA

Kalomdagi bashoratlar va dunyoning ahvoli Xudoning Shohligi boshqarayotganini tasdiqlayapti. U hozir boshqarayotganiga ishonayotganimizni u haqda va’z qilib hamda yig‘ilishlarga qatnab ko‘rsatamiz.

Takrorlash

  • Doniyor bashorat qilgan yetti davrning oxirida nima yuz berdi?

  • Xudoning Shohligi 1914-yili boshqarishni boshlaganiga sizni nima ishontiryapti?

  • Bu Shohlik hozir boshqarayotganiga ishonishingizni qanday ko‘rsata olasiz?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Tarixchilar va boshqalar 1914-yildan beri dunyoda yuz bergan o‘zgarishlar haqida nima deganiga diqqat qarating.

«Axloqiy tanazzulning kuchayishi» («Uyg‘oning!» aprel, 2007)

Matto 24:14 dagi bashorat bir kishiga qanday ta’sir qilgani haqida o‘qing.

«Beysbol hayotim mazmuni edi» («Qo‘riqchi minorasi» № 3 2017)

Doniyor 4- bobda tilga olingan «yetti davr» 1914-yilning oxiriga ishora qilishi nimadan ayon bo‘lyapti?

«Xudoning Shohligi qachon boshqarishni boshladi?» (2- qism) («Qo‘riqchi minorasi» 1-noyabr, 2014)

a Ushbu darsning «Qo‘shimcha manbalar» qismida keltirilgan  oxirgi ikkita maqolaga qarang.