Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

33-DARS

Xudoning Shohligi nimalarni amalga oshiradi?

Xudoning Shohligi nimalarni amalga oshiradi?

Xudoning Shohligi allaqachon boshqaryapti. Yaqinda u yer yuzida katta o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Keling, bu Shohlik boshqaruvi ostida ega bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan ayrim barakalarni ko‘rib chiqamiz.

1. Qay yo‘sin Xudoning Shohligi yerda tinchlik va adolatni o‘rnatadi?

Xudo Shohligining Shohi Iso Masih Armageddon jangida yovuz insonlarni va hukumatlarni yo‘q qiladi. (Vahiy 16:14, 16) O‘shanda Muqaddas Kitobdagi: «Yana bir ozdan so‘ng yovuzlar yo‘q bo‘ladi»,— degan bashorat to‘liq amalga oshadi. (Zabur 37:10) Iso Shohlik orqali yerning har bir qismida tinchlik va adolat bo‘lishiga g‘amxo‘rlik qiladi. (Ishayo 11:4 ni o‘qing.)

2. Yer yuzida Xudoning irodasi amalga oshganda hayot qanday bo‘ladi?

Xudo Shohligining boshqaruvi ostida «odil kishilar yer yuziga egalik qiladi, ular yerda abadiy yashaydi». (Zabur 37:29) Yer yuzidagi har bir inson odil bo‘lishini va barcha Tangri Yahovani hamda bir-birini sevishini tasavvur qiling. Hamma sog‘ bo‘lib, abadiy yashaydi.

3. Yovuzlar yo‘q qilingach, Xudoning Shohligi nimalar qiladi?

Yovuzlik yo‘q qilingach, Iso Shoh sifatida 1 000 yil boshqaradi. O‘shanda Iso va u bilan boshqaradigan 144 000 kishi yerdagi odamlar mukammallikka erishishiga yordam beradi. Ming yillikning oxirida yer go‘zal jannatga aylanadi va barcha Yahovaning qonunlariga bo‘ysunib yashayotgani uchun baxtiyor bo‘ladi. Keyin esa Iso Shohlikni Otasi Yahovaga qaytaradi. Shunda Xudoning ismi har qachongidan ham ko‘proq «muqaddas bo‘ladi». (Matto 6:9, 10) Yahova fuqarolari haqida g‘amxo‘rlik qiladigan ajoyib Hukmdor ekani isbotlanadi. So‘ng Yahova Shaytonni, jinlarni va hukmdorligiga qarshi chiqqan barchani yo‘q qiladi. (Vahiy 20:7–10) Xudoning Shohligi barpo etgan mukammal sharoitlar abadiy davom etadi.

KO‘PROQ BILIB OLING

Xudo Samoviy Shohlik orqali barcha va’dalarini amalga oshirishiga ishonishimiz mumkinligiga e’tibor qarating.

4. Xudoning Shohligi insoniy hukumatlarga chek qo‘yadi

«Insonning inson ustidan hukmronlik qilayotgani faqat ziyon keltiradi». (Voiz 8:9) Yahova Shohligi orqali bu adolatsizlikka nuqta qo‘yadi.

Doniyor 2:44 va 2 Salonikaliklarga 1:6–8 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Yahova hamda Uning O‘g‘li Iso Masih insoniy hukumatlar va ularni qo‘llab-quvvatlayotganlarni nima qiladi?

  • Yahova hamda Iso to‘g‘risida bilib olganlaringiz ular adolat va haqqoniyat ila yo‘l tutishlariga sizni nima ishontiryapti?

5. Iso eng a’lo Shoh

Xudo Shohligining Shohi sifatida Iso yer yuzidagi fuqarolariga foyda keltirish niyatida ko‘p ishlarni amalga oshiradi. VIDEONI tomosha qiling va Iso odamlarga yordam berish uchun xohishi va Xudo bergan kuchi borligini qanday ko‘rsatgani haqida bilib oling.

Iso yerda bo‘lganida Xudoning Shohligi nimalarni amalga oshirishini ko‘rsatgan. Quyida keltirilgan barakalarning qaysilarini ayniqsa kutyapsiz? Ushbu barakalar haqidagi oyatlarni o‘qing.

ISO YER YUZIDA BO‘LGANIDA...

ISO OSMONDAN TURIB...

  • oziq-ovqat yetishmovchiligiga chek qo‘yadi. (Zabur 72:16)

  • barcha mukammal sog‘liqqa ega bo‘lishiga g‘amxo‘rlik qiladi. (Ishayo 33:24)

  • o‘lganlarni hayotga qaytaradi va o‘lim boshqa bo‘lmaydi. (Vahiy 21:3, 4)

6. Xudoning Shohligi ajoyib kelajakka asos soladi

Yahova ushbu Shohlik orqali insonlarga nisbatan ilk niyatini to‘liq amalga oshiradi. Ular yerdagi jannatda abadiy yashaydi. VIDEONI tomosha qiling va Yahova O‘g‘li Iso orqali niyatini qanday amalga oshirishini bilib oling.

Zabur 145:16 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yahova «har bir tirik jonning istagini qondirishini» bilishdan nimani his qilyapsiz?

BA’ZILARNING FIKRI: «Barcha bir yoqadan bosh chiqarsa, dunyoning muammolari hal bo‘ladi».

  • Hukumatlar bartaraf eta olmayotgan qaysi muammolarni Xudoning Shohligi hal qiladi?

XULOSA

Xudoning Shohligi ko‘zlangan maqsadni amalga oshiradi. U butun yer yuzini jannatga aylantiradi. Yahovaga topinadigan yaxshi odamlar u yerda abadiy yashaydi.

Takrorlash

  • Qay yo‘sin Samoviy Shohlik Xudoning ismini muqaddas qiladi?

  • Bu Shohlik Muqaddas Kitobdagi va’dalarni amalga oshirishiga nega ishonishimiz mumkin?

  • Xudoning Shohligi keltiradigan qaysi barakalarni ayniqsa intiqib kutyapsiz?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Armageddon nimani anglatishini bilib oling.

«Armageddon jangi nima?» (Veb-maqola)

Isoning ming yillik boshqaruvi davomida va uning oxirida qanday voqealar yuz berishini o‘qib ko‘ring.

«Hukm kunida nima yuz beradi?» («Qo‘riqchi minorasi» 1-sentabr, 2012)

Oila a’zolar jannatda birga bo‘ladigan vaqtni qanday tasavvur qilishi mumkinligiga ahamiyat bering.

«O‘zingizni jannatda tasavvur qiling» 1:50

«Meni ko‘p savollar bezovta qilardi» nomli maqoladan siyosatga qarshi chiqqan bir kishi bilmoqchi bo‘lgan savollarining javobini qanday topgani haqida bilib oling.

«Muqaddas Kitob hayotni o‘zgartiradi» («Qo‘riqchi minorasi» 1-yanvar, 2012)